Al-Azhar Universiteti 970 – yilda Fotimiylar xalifaligi tomonidan tashkil etilgan. Bu Universitet Misrning eng qadimgi universiteti bo’lib, Sunniy Islomiy ta’lim uchun eng obro’li universitet sifatida tanilgan. Al-Azhar universiteti Bakalavr, Aspirantura va Magistrlik dasturlarini taklif etadi. U 81 ta fakultet, 9 ta institut, 359 ta akademik bo’lim, 42 ta markaz, 6 ta universitet kasalxonalari va 27 ta umumiy ma’muriyat bo’limlariga ega. Al-Azhar Universitetining asosiy yo’nalishlari: Fan va Texnologiyalar, Menejment va Biznesni boshqarish, San’at, Tillar va Gumanitar fanlar, Qishloq xo’jaligi, Stomatologiya va Tibbiyot. Bu universitet dunyodagi Arab adabiyoti va Islom ta’limining bosh markazi. Al-Azhar universitetida o’qish uchun juda ko’plab chet elliklar keladi. Al-Azhar 2 million o’quvchiga ega bo’lgan milliy maktablar tarmog’ini nazorat qiladi. 1996 yilga kelib, Al-Azhar universiteti Misrdagi 4000 dan ortiq o’quv Institutlari va Universitetlar boshqaruvini o’z nazoratiga oldi.
Barcha Fakultetlar:
Bakalavr – (4 yil)
Tibbiyot yo’nalishlari:
- Dorixona
- Pediatriya
- Stomatologiya
- Nevrologiya
- Urologiya
- Kardiologiya
- Dermatologiya
- Ginekologiya
- Psixologiya
- Jarrohlik
Til va Adabiyot yo’nalishlari:
- Arab tili
- Ingliz tili
- Nemis tili
- Turk tili
- Ispan tili
- Fransuz tili
- Xitoy tili
- Urdu tili
- Fors tili
- Afrika tili
- Ibroniy tili
- Qadimgi Yevropa tillari
Islomiy yo’nalishlari:
- Arab tili va filologiyasi
- Qur’oni karim
- Qur’on tilovati va qiroatni o’rganish (Hofiz)
- Hadisshunos
- Islomshunos
- Islom va ilm
- Islom shariati (shariat)
- Fiqh
- Vaqf
- Islom banki
- Islomiy moliya
- Islom huquqshunosligi
- Kalom va Islom mazhablari tarixi
Muhandislik yo’nalishlari:
- Qurilish
- Dasturiy ta’minot (Programmist)
- Elektrotexnika
- Neft va Gaz
- Mexanik muhandisligi
- Arxitektura
- Axborot Tizimlari va Texnologiyalari (IT)
- Kon-Metallurgiya muhandisligi
Boshqa yo’nalishlar…
- Biznes boshqaruv
- Informatsion texnologiya
- Menejment
- Marketing
- Iqtisodiyot
- Moliya
- Buxgalteriya hisobi
- Huquqshunoslik
- Jurnalistika
- Sotsiologiya
- Geologiya
- Kimyo
- Biologiya
- Geografiya
- Fizika
- Matematika
- Zoologiya
- Tarix
- Qishloq xo’jaligi
Magistratura – (2 yil)
Barcha fakultetlar:
- Arab tili
- Arab va islomshunoslik
- Shariat qonuni (shariat)
- Islom ilohiyoti (Islomiy da’vo)
- Ingliz tili
- Til va talqin
- Dorixona
- Klinik MA
- Iqtisodiyot
- Muhandislik
- Ilm-fan
- Ilm-fan va texnologiya
PhD – ( 3 yil)
Barcha fakultetlar:
- Ma’muriyat fanlari doktori
- Filologiya fanlari nomzodi
- Qishloq xo’jaligi doktori
- Madaniy fanlari nomzodi
- Ta’lim fanlari doktori
- Marketing fanlari doktori
- Tibbiyot fanlari doktori
Ta’lim tili – Arab tili
Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi
Ansoriddin Mamarasulov