islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ustozlar va yuqori bosqich talabalari uchun “Ta’limda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida mahorat darsi bo’lib o’tdi.

Treningda Google akkaunt yaratishdan boshlab, dars jarayonida va darsdan tashqarida, individual hamda jamoaviy tarzda foydalanish imkonini beruvchi turli ilovalar, onlayn platformalar, smart doskalar va tarqatma materiallar uchun qidiruv bazalari bilan ishlash ko’nikmalari o‘rgatildi. Qatnashchilar har bir ilovani o‘z kompyuter va telefonlarida trener bilan baravariga amaliy foydalanib ko‘rishdi.

Ushbu mahorat darsi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti “Xorijiy filologiya” fakulteti “Ingliz tilshunosligi” kafedrasi katta o’qituvchisi, “Peshqadam karvoni” loyihasi “Mutaxassislar tayyorlash” yo’nalishi a’zosi Nozima Jabborova tomonidan olib borildi.

Tadbir S.Valiyeva, “Tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi, talaba qizlar bilan ishlash bo’yicha kurator tomonidan tashkillashtirildi.

 

 

 

427250cookie-checkImom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ustozlar va yuqori bosqich talabalari uchun “Ta’limda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida mahorat darsi bo’lib o’tdi.

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: