islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

“Al Ajurumiyya” – nahv ilmiga oid durdona asar

Boshlang‘ich arab tili ixlosmandlari uchun mo‘jaz qo‘llanma

Al-Ajurumiyya nima? “Al-Ajurumiyya” Ibn Ajurrum tomonidan yozilgan grammatika bo‘yicha eng muhim kitoblardan biri bo‘lib, bu asarga “Matn al-Ajrumiyya” yoki “Al-Muqaddima al-Ajurumiyya” kabi boshqa nomlar ham berilgan. Tilshunoslar bu kitobni eng muhim arab grammatik matnlaridan biri deb bilishgan va bu kitobning ahamiyati tufayli bir qator arab tili olimlari va grammatika mutaxassislari ushbu matnni fan talabalariga mos va talabalar uchun tushunarli qilib sharhlaganlar. Ushbu kitob kichik, ammo foydali risola bo‘lib, arab tili grammatika kitoblari orasida mashhurligi bo‘yicha Ibn Molikning “Alfiya” nomli mashhur asari bilan raqobatlasha oladi. Bu asar muxtasar matn yozish borasida juda foydali ish bo‘lgan.

Ibn Ajurum kim? Bu g‘alati nom qayerdan paydo bo‘lgan? Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad ibn Dovud As-Sanhojiy hijriy 672 / milodiy 1273-yilda Fas shahrida tavallud topgan, Ajurrum barbarcha so‘z bo‘lib, “bechora so‘fiy” degan ma’noni anglatadi va uning bobosi Dovud birinchi bo‘lib bu unvon bilan tanilgan. O‘qishni ona shahri Fasda boshlagan va ilk saboqlarini kitobxonlik, fiqh, hadis, ilohiyot, tafsir va boshqa shariat ilmlari va arab ilmlarini eng mashhur olimlaridan olgan va ilm izlashni davom ettirish uchun Qohiraga safar qilgan va u yerda bir muddat qolib, Abu Hayyon Muhammad bin Yusuf Al-G‘arnatiy , Andalus grammatikachisi qo‘l ostida til va grammatika fanlarini o‘rganib, shayxdan ijoza oladi. U haj qilish uchun Makkaga borib, u yerda bir muddat qolib, o‘zining “Al-Ajurumiyya” kitobiga muqaddima yozishga kirishadi, ilmni yaxshi egallagandan so‘ng, ilmiy salohiyatini kengaytirib, Fas shahriga qaytib keldi. Huquqiy ilmlar bilan yaqindan tanishib, ularning bir turi bilan cheklanib qolmay, balki ularning ko‘pini qamrab oladi, shuning uchun ko‘pchilikning e’tiboriga tushadi. Ona vataniga qaytganida uni talaba ilmlar o‘rab olib, dars berishini so‘raydilar. Andalusiya mahallasi masjidida grammatika va Qur’ondan dars beradi. Ibn Ajrum taniqli mag‘rib olimi bo‘lgan.

“Al-Ajurumiyya” arab grammatikasi faniga ixtisoslashgan mo‘jaz asar bo‘lib, u bu sohadagi eng muhim matnlardan biri hisoblanadi, agar eng muhimi bo‘lmasa. U “Al-Ajurumiyyaga kirish” deb ham ataladi. Asar hijriy 723-yilda vafot etgan marokashlik huquqshunos, grammatik va tilshunos Ibn Ajurrum tomonidan innovatsion uslubda yozilgan. Asarning yozilish tartibi, mavzulari arab tili asoslarini o‘rganishni xohlovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida, avval amalda bo‘lganidan farqli tarzda alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilgan. “Al-Ajurumiyya” matni haqida uning ixlos bilan yozilganiga dalolat qiluvchi kitob ekani, buni faqat g‘aybni bilgan kishi ko‘rishi mumkinligi, aytilgan. Olimlar asarni yodlash, o‘qish va tasniflash yo‘li bilan tarqatishgan.Ushbu kichik kitobda o‘nlab tushuntirishlar va izohlar mavjud. “Al-Ajurumiya” arab tilshunosligi tamoyillarida yangi boshlanuvchilar uchun grammatik tadqiqotlarning asosi hisoblanadi. Asar grammatika, morfologiya, tovushlar va she’riy ehtiyojlarga bag‘ishlangan bir yuz qirq besh bobdan iborat.

Kunimizda arab tiliga bo‘lgan qiziqish yanada ortib boryapti. Sababi bobokalonlarimiz ijod qilishda qo‘llashgan turkiy til arab tili bilan uzviy bog‘liq ekani hech kimga sir emas. Chunki tarixda arab madaniyati bilan bir qatorda arab tili ham kirib kelgan. Shundan bo‘lsa kerak al-Xorazmiy ham o‘z asarlarini arabcha nom bilan “Al-jabr al-muqobala” deb ataganlar. Qolaversa, dunyo kezish, sof tarixni anglash va sharq madaniyatini o‘rganishda ham arab tilining o‘rni beqiyos. Yuqorida zikr qilingan “Al-ajurumiyya” asari esa arab tilini o‘rganish ishtiyoqida bo‘lganlar uchun ayni muddao, tushunish uchun yengil va eslab qolishga oson.

Toshkent Islom instituti talabasi

Anvarov Abdulahad

431110cookie-check“Al Ajurumiyya” – nahv ilmiga oid durdona asar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: