BMTning ingliz tili kuni (UNO‘s the English Language Day)-xalqaro bayram bo‘lib, u har yili 23-aprelda nishonlanadi. Bayram 2010-yilda BMT Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan “ko‘p tillilik va madaniy turfa xillikni nishonlash hamda BMTning barcha rasmiy 6 ta tillardan teng huquqli foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida” ta’sis etilgan . 23-aprel sanasi “an’anaviy tarzda nishonlanadigan mashhur ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning tug‘ilgan kuni va vafot etgan kuni” sifatida tanlab olingan. Ingliz tili bilan bir qatorda BMTning qolgan 5 ta rasmiy tili sharafiga xalqaro bayramlar ham o‘tkaziladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tillar kunining nishonlanishidan ko‘zlangan maqsad ko‘p tilli va madaniy xilma-xillikni nishonlash, shuningdek, butun olti rasmiy tildan butun tashkilotda teng ravishda foydalanishni rag‘batlantirish edi. Ingliz tili kunining xalqaro doirada nishonlanishidan maqsad yesa odamlarni tarix, madaniyat va til bilan bog'liq yutuqlar haqida xabardor qilishdir. Ushbu kunda ko'pincha kitob o'qish tadbirlari, ingliz tilida viktorinalar, she’rlar va adabiyotlar almashinuvi va ingliz tilini targ'ib qiluvchi boshqa tadbirlar o'tkaziladi... “Tillar” kafedrasi katta oqituvchisi Faxriddin Yernazarov tayyorladi