Ma’lumki, hozir biz yashab turgan vaqtga kelib, xalqimiz musulmonlarini qanchadir ma’noda diniy savodini oshirish va ularni shariatimiz, hanafiy mazhabimizni hukmlarini o‘rganishlari uchun arab tilidagi mo‘tabar kitoblarimiz xalqchil uslubda yetuk ulamolarimiz tomonlaridan tarjima qilindi va qilinmoqda ham. Allohga hamdlar bo‘lsin! Lekin shunday bo‘lsa-da, ba’zi masalalarda xalqimiz orasida e’tiborsizlik, layoqatsizliklar uchrab turibdi. Shulardan biri, zimmalariga idda lozim bo‘la turib, bunga befarqlik qilayotgan ayollar, yoxud erkaklar ham bor. Mana shu masalaga yechim o‘laroq, ushbu maqolani garchi manfaati oz bo‘lsa ham, yozishga harakat qildim...- Toshkent islom instituti talabasi Zoirjon Juraboyev