Joriy yil 12-may kuni Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va din niqobi ostida ularni radikallashtirishga urinishlarning oldini olish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda TII Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Umidjon Xodjayev ishtirok etdi.