Bag‘rikenglik ko‘rinishlari qanchalik qadimiy ildizlarga ega bo‘lsa, toqatsizlik va murosasizlik bilan bog‘liq qarashlar va harakatlarning ildizlari ham shunchalik qadimiydir. Shu toqatsizlik va murosasizliklardan biri “Mutaassiblik” uning keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Mutaassiblikni (متعصب) lug‘atda turli xil ma’nolari bo‘lib, u qattiq tirishishlik, o‘jarlik, injiqlik, yordam berish, rozi bo‘lishlik ma’nolarini anglatadi.[1] Hozirgi kunda bu so‘z asosan salbiy ma’nolari bo‘lmish o‘jarlik, injiqlik, (ko‘r-ko‘rona) qattiq g‘ayrat qilish, ergashish ma’nolarida ishlatilmoqda...- Toshkent islom instituti talabasi Isroilov Muhammadsodiq