islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Мадрасаларга ҳужжат топширган абитуриентларнинг ДТМ рухсатномасини олиш тартиби

🔸Ўзбекистон мусулмонлари идораси тасарруфидаги ўрта махсус ислом таълим муассасаларига ҳужжат топширган абитуриентлар Давлат тест маркази томонидан ўтказиладиган тест синовларига кириш РУХСАТНОМАСИни диний идоранинг qabul.muslim.uz сайти ва @qabulmuslimuz_bot, @qabulmuslimuz2_bot телеграм ботлари орқали юклаб олишлари мумкин. Бунинг учун абитуриент паспорт серияси рақамини тегишли жойга ёзади ва рухсатномани олади.

❗️Мадрасаларга абитуриентлар тест синовларига шахсини тасдиқловчи паспорти ва рухсатнома билан келишлари талаб этилади. Мазкур ҳужжатлардан бири бўлмаган тақдирда, абитуриент тест синовларига киритилмайди.

🕒 Абитуриентнинг қайси сменада тест синовларини топшириши рухсатномада кўрсатилган.

📣 Қабул имтиҳонларига оид энг сўнгги маълумотларни диний идора ва Олий маъҳаднинг телеграм каналлари орқали хабардор бўлиб боринг!

176331cookie-checkМадрасаларга ҳужжат топширган абитуриентларнинг ДТМ рухсатномасини олиш тартиби
1 та фикр мавжуд
  1. Masturaxon

    Assalomu alaykum!

    Men bugun Xadichai Kubroga imtihon topshirishim kerak edi.

    15.09.2020da 10:03da menga +998712292790 telefon raqamidan qoʻngʻiroq boʻldi. Oʻzini Xadichai Kubrodan qoʻngʻiroq qilyapmiz dedi17-sentyabr kuni soat 16:30ga imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin kelsangiz boʻldi deb bir ayol aytdi.

    Men 17-sentyabr kuni haqiqatdan ham 16:30ga yetib borgandim imtihon boʻlayotgan kirish oldida menga oʻxshagan qizlardan 12-15ta turishgan edi ularga ham huddi shunday qoʻngʻiroq boʻlgan ekan.

    Assalomu alaykum.

    Men bugun Xadichai Kubroga imtihon topshirishim kerak edi.

    Menga 15-sentyabr kuni 10:03da +998712292790 raqamidan bir ayol “Xadichai Kubrodan qoʻngʻiroq qilyapmiz 17-sentyabr kuni imtihon 17:00da boshlanadi siz 16:30ga yaʼni imtihon boshlanishidan 30daqiqa oldin kelishiz soʻraladi” dedi

    Men 17-sentyabr kuni 16:30da oʻsha yerda boʻldim. Ammo kirish postida 12-15ta qizlar kech qolibmiz deb turishgan ekan soat 17:00da test boshlanadiku desak yoʻq 16:07da kirgizish toʻxtatilgan deyildi.

    Men imtihondan chiqqan qizlarni toʻxtatib soʻradim ularni koʻpiga bugun telefon qilishib havo aynigani tufayli soat 17:00da boshlanadigan imtihon 15:00ga koʻchirildi deb aytishibdi.

    Men talab qilaman menga va mendek yoʻlgʻon qoʻngʻiroq qilib bizni chalgʻitganlari tufayli qayta biz uchun imtihon tashkil etishilarni.

    Bu nohaqlik nega endi bizga ham telefon qilishib ogohlantirishmaydi.

    Test joydagi mas’ullar biz hech narsaga javob bera olmaymiz qoʻlimizdan hech narsa kelmaydi deyishdi.

    Axir bu nimasi nega endi kattaroq boshliqlari turmaydi.

    Bizga oʻxshab umid bilan uzoqdan kelganlarni sarson qilib kimga foyda.

    Bu yil meni uchinchi urinishim. Loqal diniy muassasada adolat bordur deb umid qilgandim.
    Nahotki, hattoki diniy taʼlim muassasasida ham haqqoniylik, adolat qolmagan boʻlsa.

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: