islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

“Oʻzbekcha Vikipediya” diniy-ma’rifiy maqolalar bilan boyitiladi

“Vikipediya” onlayn ensiklopediyasiga maʼlumot kiritish uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim muassasalari, jumladan Toshkent islom institutidan ijodiy guruh tashkil etildi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim muassasalaridan tuzilgan ijodiy guruhlar uchun “Vikipediya” onlayn ensiklopediyasiga maʼlumot kiritish bo’yicha seminar o’tkazildi.

Seminarda Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim domla Muhammadsidiqov, Ilmiy ishlar va fan buyicha prorektori, Islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Soatmurod Primov, Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Maʼmur Erkayev, “Hadis va islom tarixi” kafedrasi kafedrasi mudiri Hurmuhammad Nurbayev, Aqoid va fiqhiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Neʼmatulloh Rahimov, Axborot-texnik taʼminot boʻlimi xodimi Azamatjon Mirzamahmudov va Matbuot xizmati xodimi Qilichbek Abdulxayev ishtirok etdi.

Ijodiy guruhlar diniy-ma’rifiy mavzularda ma’lumotlar to’plab, maqolalarni Vikipediyaga kiritadilar.

Oʻzbekcha Vikipediya — Vikipediya ochiq ensiklopediyasining oʻzbek tilidagi boʻlimi. Oʻzbekcha Vikipediya 2003-yil dekabrda oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻzbek tilidagi Vikipediyada maqolalar lotin yozuvida yoziladi. 2012-yil avgust oyida foydalanuvchilar qomus sahifalarini ham kirill, ham lotin yozuvida koʻra olishlari uchun oʻzbekcha Vikipediyaga maxsus yozuv konverteri qoʻshildi.

Oʻzbek tilidagi Vikipediyada hozir 218 827 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni – 89 430, ulardan 687 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazolarni qoʻshib hisoblaganda) – 809 443. Jami tahrirlar soni — 3 556 040. Teranligi – 32. Maqola soni boʻyicha oʻrni – 49. Har bir Vikipediya boʻlimida boʻlishi kerak boʻlgan maqolalar soni boʻyicha oʻzbekcha boʻlim 64-oʻrinni egallaydi.

2022-yilda oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni tez surʼatda oʻsa boshladi. Buning asosiy sababchisi „WikiStipendiya“ marafoni boʻldi. Marafon oʻzbekcha Vikipediyadagi kontentni yaxshilashga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan edi.

TII Matbuot xizmati xodimi Qilichbek Abdulxayev

361340cookie-check“Oʻzbekcha Vikipediya” diniy-ma’rifiy maqolalar bilan boyitiladi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: