islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

“Kimning uyida bu kitobdan bo‘lsa, o‘sha xonadonda Nabiy alayhissalom gapirayotgandek bo‘lur”

“Al-Jome’ At-Termiziy” kitobiga berilgan ta’riflar

Shayxul Islom Abu Ismoil Al-Ansoriy rohimahulloh:

“Mening uchun Termiziyning kitobi Buxoriy va Muslim kitoblaridan ko‘ra foydaliroq. Chunki Buxoriy va Muslimdan faqat teran ilmli mutaxasis olimlargina istifoda oladilar. Termiziydan esa har kim foydalanishi mumkin”.

Ibn Saloh rohimahulloh:

“Abu Iso at-Termiziy rohimahullohning kitobi Hasan hadisni bilishda asl manbadir”.

Shavkoniy rohimahulloh:

“Termiziyning kitobi kitoblarning ichida eng go’zalidir, ahkomlari tartiblidir, takrori ozdir va foydasi ko’pdir”.

Alloma Toshko‘prulizoda:

“Muhammad At-Termiziy Hadis ilmi sohasida bir qancha asarlar taqdim etdi. Uning ushbu “Al-jomi’-as-sahih” (“Sunan”) kitobi, bu asarlar orasida foydasi eng ko‘p, tartibi eng ixcham, takrori eng oz asardir.

Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor:

-mazhablar va istidlol (dalil keltirish) jihatlari e’tiborga olingan;

-sahih, hasan va zaif deb, hadis turlari aniq belgilangan;

-sharh va ta’dilga (qiyoslab to‘g‘rilashga) o‘rin ajratilgan;

-kitob oxirida illatlarga oid maxsus bir bo‘lim ilova etilgan, xullas, bu kitobda ulkan foydalar jamlangandir.

Kitobni mutolaa qilgan kishilar bunga tan beradilar”.

Abu Iso Muhammad At-Termiziy rohimahulloh:

“Ushbu kitobni tasnif qilganimdan keyin, uni Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga taqdim etdim. Ular rozilik bildirib, qabul qildilar. Kimning uyida bu kitobdan bo‘lsa, o‘sha xonadonda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam gapirayotgandek bo‘lur”.

Toshkent islom instituti talabasi

Dadabayev Islombek

366000cookie-check“Kimning uyida bu kitobdan bo‘lsa, o‘sha xonadonda Nabiy alayhissalom gapirayotgandek bo‘lur”

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: