islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Institut rektori referendumda ishtirok etib, ovoz berdi

Ayni paytda yurtimizda muhim siyosiy jarayon – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi uchun referendum bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur jarayonda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov ham poytaxtimizdagi 767-referendum uchastkasida bo‘lib, referendumda ovoz berdi.

Ta’kidlash joizki, yurtimizning barcha hududlarida o‘tayotgan referendumda Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari ham yangi tahrirdagi xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz berishda faol ishtirok etmoqda.

Toshkent islom instituti
Matbuot xizmati

389060cookie-checkInstitut rektori referendumda ishtirok etib, ovoz berdi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: