islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Shayx Asg‘ar Aliy Rabboniy

Alloma muftiy Shayx Asg‘ar Aliy Rabboniy hijriy 1359 (m.1940) yilda Hindistondagi “Hisor ” shahrida tug’ilgan.
Asg‘ar Aliy Rabboniy haqlarida o’gillari shunday deydi: “Otam o’z ilmiy hayotini Hindistondagi ona shahridan boshlagan, Alloh taolo unga o’qish va yozish qobiliyatini ato qilgandi. Uning yoshlik chog’larida ta’lim olgan xotiralarini, bizga hikoya qilib berishar edi. Uning hatto kiyishga tuflisi ham bo’lmagan, boshida kitob solingan sumkasini ko’tarib, sinfdoshlari bilan birga quyoshning jaziramasida, maktab tomon yugurib ketardi. Issiqlab ketsa biror bir daraxt soyasida dam olib, yo’lida davom etardi. Madrasa esa bir necha mil uzoqda joylashgan edi. Kunlarni shu tarzda o’tqazib, har kuni o’qishdan uyiga, kech kirganda qaytib kelardi.
Asg’ar Aliy Rabboniy taxminan o’n yoshlarida Pokiston Hindistondan ajralib alohida davlatga bo’lingan. Musulmonlar u yerga xursand bo’lib, hijrat qilishni boshladilar. Xolis hijrat yo’lida ular yerlari, uy-joylari va pullaridan voz kechib yangi islom vataniga ko’chib o’tardilar. Muhtaram bobom o‘zi, oilasi va farzandlari bilan ko‘chib kelgan muhojirlardan edi. U million kishilik karvonga qo’shilib, uzoq yo’l qiyinchiliklariga sabr qildi, shu sabr tufayli to’rt oy deganda Jishtiyon tomonidan Pokistonga kirib keldi. So‘ngra, bu ko’chish davri musulmonlarga bir necha go’zal sinovlarni boshdan o’tqazishlariga sabab bo’ldi. Yomg‘irlar, sellar va toshqinlar bilan Alloh ularni sinadi. Musulmon oilalar g’am-tashvishlarning yangi sahifalariga guvoh bo’ldilar. Otamning ikki singlisi madorsizlikdan oxirgi nafaslarini chiqarar edilar. Ajablanarlisi shul-ki, Jasur buvim hijratning mashaqqatli yo’lida ularni, boshidagi savatda ko’tarib olgan ekanlar. Otamning ikki singlisi Pokistonda Allohning rahmatiga ko’chdilar.(Biz Allohnikimiz va Ungagina qaytamiz!) Muhtaram otam mahzun holda, Pokistonning Mustaqillik 14 avgust kunidagi onasining fidoyiligi haqidagi hikoyani ko’p eslardi”.

Toshkent islom instituti 404 – guruh

talabasi Dadabayev Islombek

391500cookie-checkShayx Asg‘ar Aliy Rabboniy

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: