islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Masjid ul-Haromdagi kengaytirish ishlari

Har bir musulmon uchun Masjid ul-Haromning qiymati juda baland hisoblanadi. Shu sababdan bu ulug’ makonga tegishli har bir ma’lumotning o’zgacha qadri bor. Biz bu maqolamizda siz azizlarga Masjid ul-Haromning kengaytirilishiga doir ba’zi ma’lumotlarni taqdim qilishga harakat qildik.

Masjid ul-Haromni kengaytirish ishlari sahobalar davridan boshlab hozirgi kunimizgacha davom etib kelmoqda. Masjid ul-Harom dastlab buyuk sahobalar Umar ibn xattob va Usmon ibn Affon roziyallohu anhumolar davrida kengaytirilgan va ko’rinishi tahminan mana shu tartibda bo’lgan.

Undan keyin kelgan umaviy, abbosiy va usmoniy xalifalar davrida ham Masjid ul-Haromni kengaytirish ishlari izchil davom etgan.

1955-yilga kelib Masjidul haromning kengligi 29 000 m² dan 190 000 m² kengaygan. Namoz o’quvchilarning soni esa 400 000 ga yetadi. Bu quyidagi rasmda o’z aksini topdi.

Mana shu davrda sa’y amalga oshiriladigan bino (mas’aa) ikki qavat qilindi va uning uzunligi deyarli 395 metr, kengligi esa 25 metr, birinchi qavatning balandligi 12 metr, ikkinchi qavatning balandligi esa 9 metrni tashkil qildi. Sa’y binosi uchun sharqiy tarafdan 16 ta eshik qad rostladi.

Haramning kengligi 1988-yilga kelib, Saudiya Arabistoni Qirolligi tomonidan keng ko’lamli kengaytirish ishlari olib borilib masjid hududi 356 000 m² yetdi. Odatiy kunlarda 773 000, insonlar zich bo’lgan vaqtda esa 1 million atrofidagi namozxonlarni sig’dira olgan.

2013 yilgi keng ko’lamli kengaytirish ishlarida Masjid ul-Haromning kattaligi 1.47 million m²ga, namozxonlar sig’imi esa 1.85 millionga yetdi. 2015 yilda qirol Salmon ibn Abdulaziz farmoni ila Masjid ul-Harom hududida yana kengaytirish ishlarini olib borilmoqda va 2.3 millon namozxonni sig’dira olishi kutilmoqda.

Qiziqarli ma’lumot sifatida shuni aytib o’tishim mumkinki, hozirgi kunga kelib, bir soat ichida makka shahridagi haramni 48 000 dan 105 000 gacha bo’lgan odam tavof amalini amalga oshirishi mumkin. Ayni damda Masjid ul-Haromning 78 ta eshigi va 11 ta minorasi mavjud.

Manbalar asosida Imom Buxoriy nomidagi

Toshkent islom instituti 4 kurs talabasi

To’laganov Murod tayyorladi.

 

399420cookie-checkMasjid ul-Haromdagi kengaytirish ishlari

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: