Idris alayhissalom 865 yil umr koʻrganlar.
Idris alayhissalom ismlari Qur’onda ikki bora zikr qilingan. Ular:
Maryam surasi 56-oyat;
Anbiyo surasi 85-oyat;
Idris alayhissalom Misrda tug’ilganlar. Ismlari Suryoniy tilida Hirmos bo’lgan. Ma’nosi tajribali, qat’iy fikrli degani. Shajaralari Shis alayhissalomga borib taqaladi. Idris alayhissalom yana bir rivoyatda Bobilda tug’ilganlarini va Misrga hijrat qilganliklarini xabari keladi. Ushbu rasmda Idris alayhissalom tug’ilgan joylari va hijrat qilgan makonlarini ko’rish mumkin.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti
4-kurs talabasi To’laganov Murod tayyorladi
Foydalanilgan adabiyotlar
- Doktor Shavqiy Abu Xolil. “Atlasul Qur’on”. Bayrut.:Darul fikr. 2000 yil –B.18.