islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

SHAYXUL ISLOM ZAYNUDDIN ZAKARIYYO AL-ANSORIY

Abu Yahyo Zakariyyo ibn Muhammad Ibn Ahmad Ibn Zakariyyo al-Ansoriy al-Xazrajiy ash-shofeiy “Shayxul islom”, “Zaynuddin”, “Qozi Zakariyyo” taxalluslari bilan ham mashxur bólgan.

Bu zot milodiy 1421(824) – yilda Misrning “Sunayka” deb nomlangan kichik shaharchasida tavallud topgan. Shu shaharchada boshlanğich ta’limni òrganish bilan birga, Qur’oni Karimni ham yod olgan.

Zakariyyo al-Ansoriy ta’lim olish uchun 1438(841) – yilda Qohiraga kelib, al-Azharga òqishga kiradi va u yerda islomiy ilmlarni órganishga qattiq bel boğlaydi.

Alloma ózining ilm olayotgan kezlari haqida shunday deydi:

“Qohiraga kelganimda yosh yigit edim. Men Azharda kópincha och qolar edim. Tunda nochorlikdan yerda sochilib yotgan tarvuz bólaklarini yuvib yeb, ochligimni bosar edim. Shu tarzda bir necha yil ótdi. Shundan so’ng Alloh taolo oldimga tegirmonchilik bilan kun kòradigan bir kishini yubordi. U xolatimni sórab, yeb ichishimga kafil bóldi. Bu xolat bir necha yil davon etdi . Bir kuni oldimga kelib, qólimni ushlab: “Men bilan yur”, dedi. Men u bilan yurdim va Azharning zinapoyasiga yetib borganimizda: “ushbu  zinalardan kótaril”, dedi. Men zinalardan asta kótarilib bordim. U kishi yana: “Kótaril”, dedi. Men zinani oxirigacha kótarilib, oxiriga yetib keldim, U Zot: “Zakariyyo! Sen tengqurlaring ichida eng yaxshisi va oxirida vafot etuvchisi bólasan hamda “Shayxul islom” unvoniga erishasan. Seni shogirdlaring ham shayxul islom bólishadi…”, dedi. Shundan keyin uzot oldimdan ketdi va u kishi bilan qaytib kórishmadik”.

Shayxul islom Zakariyyo al Ansoriy Hofiz ibn Hajar Asqaloniy Shofeiy, Taqiyuddin Abul Abbos SHumumiy Hanafiy va shu kabi zamonasining yetuk ulamolaridan tafsir, hadis, fiqh, usulul fiqh va adab ilmlarini óórgangan Zakariyyo al-Ansoriy keyinchalik qozi, tafsir ilmining imomi, hadis hofizi, fiqh va usul bilimdoni, qiroat va tajvid ilmida peshqadamlardan bóbólganShu bilan birga juda kóp kitoblarga sharh yozib, ózi ham bir qancha kitoblar tasnif qilgan. Shulardan fanning turli soxalariga oid 40 dan ortiq asarlar meros bólib qolgan. “Sharxu muxtasarul Maziniy”, “Xoshiyatu a’la tafsiri Bayzoviy”, “Sharxul jomi’us sahih lil Buxoriy”, “Ad-daqoiqul muhkama fiy sharhil muqoddimatil  lil Jazariy” va yana  bir qancha kitoblari bor.

Shayxul islomning umri yuz yoshdan ótgandan keyin ham kundalik vazifalarida bardavom bólgan. U zotdan minglab talabalar hadis ilmidan dars olishgan.

Shulardan biri, Ibn Hajar al Haytamiydir. Bu zotning tóliq ismlari Shihobuddin Abu al-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Ali ibn Xajar al-Haytamiy al-Makkiy al-Ansoriy Ibn Hajar al-Haytamidir. Al-Makkiy nomi bilan mashhur bólgan Shofe’iy mazhabining yetakchi faqihi va mujtahidi, muhaddis, tarixchi va ilohiyotchi edi. Ibn Hajar al-Haytamiy 1503 (909) -yil Misrda tuğilib, 1566 (974)-yilda vafot etgan.

Ibn Hajar: “Men shayximiz Zakariyyo al Ansoriyni hammadan oldinga qóyaman, chunki Busra shahri guvoh bólgan boamal olimlaru-imomlarning eng buyugi bólgan”, deb aytgan.

Shayx Zakariyyo al Ansoriy xijriy 1520 (926) – yilda 101 yoshida Misrda vafot etgan. Qabrlari Imom Shofeiy rohmatullohi alayhning qabri yaqinida joylashgan.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Joraboyev Zoirjon

409400cookie-checkSHAYXUL ISLOM ZAYNUDDIN ZAKARIYYO AL-ANSORIY

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: