islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Itoatkor farzand

Shariat ilmida katta professor deb tan olingan Ramazon Butiy otalarini yaxshi ko’rganlaridan “Bu mening otamdir” degan kitob yozganlar.

Dunyoning ko’plab mamlakatlariga ma’ruza qilish uchun safar qildilar. Xususan, Saudiya Arabistonga ham bir kunlik ma’ruzalari uchun tashrif buyurganlarida ajib bir voqea yuz beradi. Universitetlarning birida ma’ruzalarini talabalarga yetkazgandan so’ng “Men Suriyaga qaytaman, biletni gaplashib qo’yishim kerak” dedilar. Shunda Saudiyalik olimlar yana bir kunga qolishlarini iltimos qilishdi. Ramazon Butiy hech ikkilanmay otalaridan ruxsat so’rab qo’yishlarini aytadilar. Otalari bilan telefon orqali bo’lgan suhbatda hol ahvol so’rab, faqat “xo’p” degan javobni berdilar. Saudiya ulamolari Ramazon Butiyni otalari ruxsat berdilar deb o’yladilar Ramazon Butiy go’shakni qo’yib “Uzur qololmas ekanman otam ruxsat bermadi” deydi.

Hayotda ravnaq topish va ikki dunyo saodatiga erishish uchun ham ota-ona duosi zarur. Ota-ona duosini olgan inson kam bo’lmaydi, tinchlik va xotirjamligi barqaror, sihat-salomatligi bardavom bo’ladi. Butun dunyo og’izlariga quloq tutib turadigan shariat peshvosi Ramazon Butiyning ulug’ darajalarga yetish  sabablaridan biri otalariga bo’lgan hurmatlari edi desak adashmaymiz.

Ota-onaga hurmat tarbiyaning a’losi, mukammal axloq toji, inson odobining komilligidir. Ayniqsa hozirgi kunda otalarga bo’lgan ehtiromni juda ozligini ko’rib, bunday hikoyalarni muntazam yetkazishimiz eng dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoldi.

 

Toshkent islom instituti

talabasi A.Erkinova

409690cookie-checkItoatkor farzand

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: