Movarounnahrning yetuk allomasi, Imom Buxoriydek zotning ustozlaridan biri Muhammad Ibn Salom Ibn Farog’ as-Salmiy 777-mil. (160-h) sana Sufyon Savriy vafot etgan kechada Buxoro o’lkasining Poykand shahrida tavallud topgan.
Ahli sunna val Jamoaning zabardast ulamosi bo’lgan bu zot ilm yo’lida ko’p safar qiluvchi va turli ilmlarda kitoblar yozgan.
Imom Zahabiy (1274-1348) Muhammad Ibn Ismoilni kuchli, o’tkir ilm egasi va hadis ulamosi deb ta’riflagan.
Yahyo ibn Yahyo: Xurosonda ikkita xazina bor biri Muhammad ibn Salom Poykandiy ikkinchisi Ishoq ibn Rohovayh degan.
Bir kuni Muhammad Ibn Salom dars olish jarayonida u zotning qalami sinib qoldi shu zahoti alloma darsni yozolmay qolishidan xavfsirab, bir qalamga bir dinor (o’sha davrda bu pulga bir qo’y berardi) beraman dedi. Shu onda har tomondan qalamlar kela boshladi.
U zot o’zlarini ilm olishda va ta’lim berish, talabalarni qo’llab quvvatlash, kitoblar yozishda juda ko’p mablag’ sarflaganini aytgan.
Muhammad ibn Salom ustustozlari to’rt yuzta ekanligini aytgan. Misol uchun: Abdulloh Ibn Muborak, Sufyon Ibn Uyayna, Ismoil Ibn Ja’far va hokazo.
Manbaalarda mazkur mohir hadis roviysining darsida hatto jinlar ham qatnashganligi aytilgan.
Imom Buxoriy Muhammad ibn Salomning darslariga muntazam qatnashgan. Hattoki Muhammad ibn Salom o’z kitobini Imom Buxoriyga berib turardi.
U zotning shogirdlari ham juda ko’p bo’lgan. Ulardan mashxurlari Imom Buxoriy, Ubaydulloh Ibn Uyayna, Tufayl Ibn Zayd Nasafiylar bo’lgan
Imom Buxoriy Muhammad Ibn Salomni 225-hijriy yil Safar oyining 7-kunida (839-mil.) yilda vafot etganini aytgan.
Aslida yetuk shaxslarni tarixini o’rganishimiz shunchaki ularni tanib, bilib qo’yish uchungina emas ularni ilmlari, hayot yo’llari va tajribalaridan dars olib, hayotimizga tatbiq qilib, samarasini dunyo va oxiratda ko’rishimiz uchundir.
Alloma Muhammad Ibn Salom shaxsiyatidan ham ilm olishga ishtiyoq va ilm yo’lida xarajatdan qochmaslik, ustozlarni hurmat qilish, olgan ilmini shogirdlarga yoyish kabi ko’plab ibratlar olishimiz mumkin.
Toshkent islom instituti talabasi
Ismoilov Abdurahmon