Robiatur Roy nomi bilan tanilgan faqih, muhaddis, mujtahid olim Robia ibn Abdurahmon Farrux
Otalari Abdurahmon, Xuroson amiri Robia ibn Ziyod Horisiyning xizmatida bo’lgan va 30 dinor ila ozod bo’ladi.
Robiatur Roy boshlnag’ich ta’limni onasidan oladilar.
Payg’ambarimizning eng uzoq umr kòrgan sahobalaridan, 10 yoshliklaridan boshlab xizmatlarida bòlgan va 2286 ta hadis rivoyat qilgan Anas ibn Molikdan Robiatur Roy fiqh ilmini òrganadi. Shu bilan birga Said ibn Musayyab, Makhul Shomiy, Salama ibnu Diynorlarddan ham mukammal ilm o’rganadilar. Ilmlarni mukammal egallagan Robiyatur Roy o’z davrining eng yetuk faqihi bo’lib yetishadi. Fiqhda u kishining raylari(fikrlari)olinadigan eng kuchli tobeinlardan biri hisoblanadilar.
Anas ibn Molik Robiyatur Royning eng kuchli faqih bòlganliklariga yana bir dalil sifatida: “Robiya ibn Abdurahmon vafot etganidan keyin fiqhning lazzati yòqaladi.” deb aytganlar.
Keyinchalik Robiyatur Royga bir nechta talabalar shogirdlikka tushadi. Masalan: Molik ibn Anas, Abu Hanifa, Yahyo ibn Said al Ansoriy, Sufyon Savriy, Lays ibn Sa’d, Abdurahmon ibn Amr Avzoiy. Bulardan eng kòzga ko’ringani Molik ibn Anas bòlib yoshligidan raʼyga asoslangan fiqh ilmini oʻrgandi. U kishining “Musnad”kitoblaridan ham Robiyatur Roydan yetuk bilim olganliklarini bilsak bòladi.
Robia ibn Abdurahmon 753 yil Anbarda vafot etadilar
Hayotini ilm ma’rifatga bag’ishlagan Robiyatur Roy: “Ilmga boringni bermaguningcha, u senga ba’zisini ham bermaydi.” deb ta’kidlaganlar
Toshkent islom instituti talabasi
Barakayeva Mohibonu