islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

 Hadicha bint Xuvaylid 

Mo`minlarning onasi Hadicha bint Xuvaylid Quraysh qavmidan bo`lganlar. U kishi  “Fil voqeasi”dan o`n besh yil oldin Makkada tavallud topganlar. Otasining ismi Xuvaylid, onasi Fotima bo`lgan. Uning ota tomondan nasabi Qusayda Payg`ambarimiz nasabi bilan bog`lanadi. Ona tarafidan Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan katta bobolari Luayda birlashadi. Qavmining eng boy ayollaridan edilarlar. O`sha vaqtdagi fozila qizlarda topilishi kerak bo`lgan barcha sifatlar bor edi.

Hadicha binti Xuvaylid avval Abu Hola ibn Zirora at-Taymiyga turmushga chiqadilar. U kishi vafot etgandan so`ng Qurayshning ashrofidan bo`lgan Atiq ibn Obid ibn Abdulloh al-Mahzumiy Xadicha binti Xuvaylidga sovchi qo`ydi. Ikkinchi taraf rozi bo`ldi. Hadicha ibn Xuvaylid ikkinchi farzand ham ko`rdi. Ammo oilaviy ishlari ko`ngildagidek bo`lmay oila buzildi. Hadicha binti Xuvaylid oliyhimmat, dindor va pokiza ayol edilar.

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam yigirma besh yoshga yetganlarida Hadicha onamizga uylanib  savdo ishlarini boshqargan, uning mablag`lari bilan savdogarlik qilganlar.

Hadicha onamiz Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga ko`p g`amho`rlik va mehribonlik ko`rsatgan. U zotning payg`ambarligiga birinchi bo`lib ishongan va islomni qabul qilgan. Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan to`rt qiz va ikki o`g`ilk ko`rganlar. Qizlari Zaynab, Ruqayya, Ummu Gulsum va Fotima roziyallohu anholar. O`g`illari esa qosim va Abdulloh bo`lgan.

Zaynab roziyallohu anho Makkai mukarramada hijratdan avvalgi 23-yil mil. 600-yil aprel 601-yil mart orasi. Hijriy 8-yil \ mil. 629 yil may – 630-yil aprel orasi Madinada 31 yoshlarida vafot etganlar. Janozalarini Rosululloh sollallohu alayhi va sallam o`qiganlar. Baqi qabristoniga dafn qilingan.

Ruqayya roziyallohu anho Makkai mukarramada hijratdan avvalgi 20-yil mil. 603-yil fevral 604-yil yanvar orasi. Hijriy 2-yil Madinai munavvarada qizamiq kasali bilan  22 yoshlarida vafot etganlar. Janozlarini umr yo`ldoshlari Usmon ibn Affon roziyallohu anhu o`qiganlar. Baqi qabristoniga dafn qilingan.

Ummu Gulsum roziyallohu anho Makkai mukarramada hijratdan avvalgi 19-yil mil. 604-yil fevral 605-yil yanvar orasi. Hijriy 9-yil shabon oyi \ mil. 630 yil noyabr-dekabr Madinada 28 yoshlarida vafot etganlar. Janozalarini Rosululloh sollallohu alayhi va sallam o`qiganlar. Baqi qabristoniga dafn qilingan.

Fotima roziyallohu anho Makkai mukarramada hijratdan avvalgi 18-yil mil. 605-yil fevral 606-yil yanvar orasi. Hijriy 11-yil \ mil 632-yil 21-noyabr  Madinada 29 yoshlarida vafot etganlar. Janozalarini aliy ibn Abu Tolib o`qiganlar. Baqi qabristoniga dafn qilingan.

Abdulloh laqablari Toyyib va Tohir bo`lgan. Islom kelganidan keyin Makkai mukarramada tug`ilgan. Bir yoshga yetmasdan nubuvvatning dastlabki yilida Makkada vafot etgan.  Hajum qabristoniga dafn qilingan.

Qosim nubuvvatdan oldin, tahminan 26-25-yillar /mil. 598-599-yillar orasida. Makkai mukarramada tug`ilgan. O`n yeti oy yashab Makkada vafot etgan.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Sadriddin Abdukarimov

411150cookie-check Hadicha bint Xuvaylid 

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: