islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Muoz ibn Jabal

Muoz ibn Jabal r.a ansorlardan bo’lib, Madinada 18 yoshida islomni qabul qildi. U zot o’tkir zehnli, fahm-farosatli va gaplari tiniq inson edi. Nabiy s.a.v Madinaga kelganlaridan keyin, u zotdan ajralmay ilm o’rgandi.

Bir kuni Nabiy alayhis salom u zotga “Ey Muoz Allohga qasamki men seni yaxshi ko’raman”, dedilar. E’tibor bering Nabiy alayhis salomning shu ikki og’iz so’zlari har qanday musulmon uchun dunyo va undagi ne’matlardan yaxshiroq. U zot r.a sahobalarichida eng faqihlaridan biri edilar. Rasululloh s.a.v aytadilar “Ummatim ichida ummatimga eng rahmlisi Abu Bakr, Allohning amrida shiddatlisi Umar, eng hayolisi Usmon, halol va haromni eng yaxshi biluvchisi Muoz ibn Jabaldir”. Ushbu hadisdan bilinib turibdiki, Muoz ibn Jabal r.a faqih bo’lganlar. Uzot r.a ning ilmlari shu darajada ediki, bir safar safarga ketganlarida hazrati Umar r.a: “Muoz ketti, uning yo’qligi Madinada ilmiy sohada tanglik tug’dirdi”, boshqa bir gaplarida “Ayollar Muozdek farzand tug’ishdan ojizdirlar. Agar Muoz bo’lmaganida Umar halok bo’lardi”, deganlar.

Borgan joyini  yurgan yo’lini ilmga toldirgan Muoz ibn Jabal r.a tahminan 37 yoshlarida Shom diyorida vabo sababidan olamdan o’tti. Mana shu qisqa vaqt ichida Rasululloh s.a.v suygan shogirt, ummat sevgan olim bo’lishga ulgurdilar. Alloh u zottan o’zi rozi bo’lsin.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Xamidullayev No’monxon

411590cookie-checkMuoz ibn Jabal

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: