Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Bir kun tongda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Kiso (o’ranadigan kiyim) kiygan holatda uylaridan chiqdilar va Ali, Fotima, Hasan va Husan roziyallohu anhumlarning oldilariga kirib, quyidagi oyatni o’qidilar: “Albatta, Alloh sizdan kirni ketkazib, butunlay poklashni xoxlaydi, ey ahli bayt” (Ahzob-33).
Bu hadis Oisha roziyallohu anho Ali roziyallohu anhu va uning oilasini xush ko’rmasligi haqidagi gaplarning yolg’on ekanligini bayon qiladi. Chunki Ali roziyallohu anhu va uning oilasini fazli borasidagi mazkur hadisni aynan Oisha roziyallohu anhu rivoyat qildilar.
Payg’ambarlardan so’ng insoniyatning eng afzallari bo’lmish sahobalar orasida nomunosib munosabatlar bo’lmasligi tabiiy. Sahobalar haqida nomaqaqbul so’zlash uyoqda tursin, bunday o’ylarga borishni o’zi ham musulmon ummatiga noloyiqdir.
Toshkent islom instituti talabasi
AbdurRohman Mansur