Usmon roziyallohu anhu 4 ta buyuk xalifalardan biri bo’lib, asli kasbi savdogar bo’lgan. U kishining otalari Affon ibn Abul Oss bo’lib, Makka shahrining yirik tijoratchilaridan hisoblangan. Usmon roziyallohu anhu otasidan savdo-sotiq ishlari, uni yuritish uslublari, foyda-zararlari, oldi-sotdi sir-sinotlarini o’rgandi. U 34 yoshida Abu Bakr roziyallohu anhuning chaqiriqlari bilan islomga kirgan. Eng yirik musulmon savdogarlardan bo’lgan Usmon ibn Affon bug’doy, arpa, mayiz, xurmo va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan tijorat qilganlar. Makkada Muzoraba savdosidan foydalanganlar.
Tijoratdagi uslublaridan:
- karvonlar bilan ayni òzlari shuĝullanishlari.
- Pulni doim òstirib sarmoya kiritganliklari, mablaĝni yiĝmasdan doim qayergadir tikib pul aylantirib turganaliklari
- Muddati òtgan mollar va eskirgan tavarlar bilan shug’unlanmaganlar.
Bu uslublar doimo Usmon roziyallohu anhuga tijoratdan katta foyda topishlariga qòl kelgan.
Usmon ibn Affon saxavatligi, Alloh taolo yo’lida ehson qilishi bilan mashhur bo’lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk ĝazoti ( 630- mil) tomon yo’l olgan qo’shinni ta’minlash uchun sahobalarni sadaqa qilishga chaqirgan edilar, lekin Usmon roziyallohu anhu sadaqa qilgan narsalari qo’shinning uchdan bir qismini ta’minlashga sabab bo’ldi. U qo’shin uchun 950 tuya, 50 ot va 1000 dinor sadaqa qildi.
Usmon roziyallohu anhu Alloh bilan ham tijorat qilganliklariga guvoh bo’lamiz. (632-mil) qaxatchilik mavsumida hazrat Usmonning oziq ovqat va kiyim kechak mahsulotlari ortilgan karvoni Madinaga keldi. Bir necha tijoratchilari kelib, yuklarni tushirmasdan sotib olishni va ikki barovar foyda berishlikni taklif etishdi. Lekin hazrat Usmon taklifni qabul qilmadilar: “Sizdan ko’ra ko’proq foyda beruvchi bor” deb aytdilar. Tojirlar “Senga bundan ko’p foyda beruvchi kim” deyishdi.
Shunda hazrati Usmon, U Allohddir. Alloh taolo menga har dirhamga o’n barobari foyda berishini va’da qildi .
Hazrati Usmon roziyallohu anhuning musulmonlar ommasiga qilgan vaqflari yani Ruma qudug’ini yahudiydan 35 dirhamga sotib olib musulmonlar uchun uni ehson qilganlar va u hozirgacha Madina ahlini suv bilan ta’minlab kelayotgan quduqlardan hisoblanadi.
Usmon roziyallohu anhu o’ta hayoli va iffatli zot bo’lishlari bilan bir qatorda, juda ham saxiy edilar va o’z qavmlariga Alloh yo’lida hayr-ehsonni ko’p qiladigan zotlarning eng avvalgilaridam hisoblanadilar
Toshkent islom instituti talabasi
M.Barakayeva