islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Musulmonlarning peshqadami – Mus’ab ibn Umayr

Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhu Makkadagi eng obro‘li, boy oilalardan birida dunyoga keldilar. U kishining onalari Xunnos binti Molik o‘zining shaddodligi, uddaburonligi va aytgan gapidan qaytmasligi bilan nom chiqargan ayol edi. Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhuning ota-onasi uni kichikligidan noz-neʼmatga burkab o‘stirdilar. Hech qanday majlislardan qolmaydigan Musʼab ibn Umayr musulmonlar majlisi xaqida eshitib qoldilar. U yerga bordilar. U kun Muʼsabning kunlari edi yaʼni musulmon bo‘lgan kunlari. Onalari Makkaning boy ayollaridan edi. O‘g‘lining islomini eshitgach dunyo ko’ziga qorong’u bo’ldi va o’g’lini jazolab qamab qoydi.

Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu onalarining qamog’ida ancha vaqt qolib ketdilar. Ammo qamoqda turib ham o’z musulmon birodarlari bilan aloqani uzmadilar. Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu ba’zi musulmonlarning o’z dinlarini saqlash maqsadida Habashistonga hijrat qilishga harakat qilayotganlaridan xabar topdilar va ilojini topib, qochib chiqib, ularga qo‘shilib oldilar. Shunday qilib, Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuning ismlari Islomda birinchi hijrat qilganlar ro‘yxatining oltin sahifalariga yozilib qoldi.

Habashistondan qaytganlaridan so‘ng Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam o’zlarini oldiga Yasribdan(keyinchalik payg’ambarimiz hijratlaridan so‘ng “Madinatur-rasul”deb nomlangan) kelayotgan musulmonlar bilan birga yubordilar. Islomdagi ilk elchi Musʼab ibn Umayr boldilar.  Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu va yasriblik musulmonlar ahlini Islomga chaqirishda jonbozlik ko’rsatdilar. Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu Payga’mbar alayhissalomning tavsiyalari bo‘yicha ish olib borar edilar. U kishi odamlarga Qur’on o’qitish, Islom ta’limini berish va din ahkomlarini o’rgatishni ajoyib uslublar bilan yo’lga qo’yar edilar. Islom Yasrib bo’ylab misli ko’rilmagan tezlikda tarqalib borar edi. U yerdagi bosh qabilalar  Avs va Hazrajning ko’plab odamlari, jumladan, Sa’d ibn Muoz va Usayd ibn Huzayr kabi qavmining ulug’lari ham Islomga kirdilar.

Musʼab ibn Umayr jonkuyar saholbalardan edilar. Urushga buyruq kelganda xam “labbay” deb chiqtilar. Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhu oddiy mujohid bo’libgina qolmadilar, balki Islom tarixidagi birinchi urushning birinchi bayroqdori bo’lish baxtiga ham sazovor bo’ldilar. O’sha kuni Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bayroq tikishga amr etdilar. Bayroqar uchta edi. Birini Mu’sab ibn Umayr roziyallohu anhu ko’tarib yurdi. Qolgan ikkitasining rangi qora bo’lib, ularni Ali ibn Abu Tolib va Saʼd ibn Muʼozlar ko’tarishdi.

Musʼab ibn Umayr islomdari nihoyatda go’zal boldi. U zot Uhud jangida ham bayroqdor edilar. Shahid bo’lgunlari qadar bayroqlarini tushirmadilar. U zotdan Alloh rozi bo’lsin

 

Toshkent islom instituti talabasi

Yashnarova Maftunaxon

412881cookie-checkMusulmonlarning peshqadami – Mus’ab ibn Umayr

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: