islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Menga keraksan

Yoz kunlarining biri, ikki farzandning onasi Salima  qaynotasidan qolgan eski uyning so’risida yulduz to’la osmonga qarab o’yga  toldi. Uning tarqoq hayolida goh bolalik, goh talabalik davri ba’zan hayotida duch kelgan muammolari ko’z oldidan bir bir o’tardi. Ammo bir mavzuga kelganda uni uzoq o’yladi. U yangi turmushga chiqqan  davrini esladi. Turmush o’rtog’i bilan o’tkazgan baxtli kunlarini oʻylab yuziga tabassum yugurdi.

Bahor oyi edi, bir hafta oldin  o’n sakkizga  to’lgan Salimaning to’yi bo’ldi. U aqlli, ilmli va mehribon Anvar bilan baxtli hayot kechira boshladi. Alloh taolo ularga bir o’g’il farzant ato etti.  Er xotinlarning quvonchi ichiga sig’mas, chaqaloqni hidlab to’ymas va qiliqlarini tomosha qilib tong ottirishardi.

O’g’illari jahongir 5 yoshga yetganida bolalik qilib onasini haqorat qilib qo’ydi, shunda Anvar o’g’liga qarab “Ey bola, agar onangni hafa qilsang seni o’g’il qilmayman”, deb qovoq uydi. Salima esa: nega bolani qo’rqitasiz, axir u hali go’dakku deb bolasini bag’riga bosti. Anvar har gal o’g’liga tanbeh bersa, ayoli unga qarshi bo’lardi.

Oradan vaqtlar o’tib o’n oltiga kirgan Jahongir xontaxtani mushlab urdida “siz nimani ham bilardingiz oyi”, deb o’shqirib chiqib ketti. Salima yosh qalqigan ko’zlarini eriga qaratdi. Uning hayolida eri; “ko’rdingmi erkalatkan o’g’lingni,  tarbiyasi bilan shug’ullansam arashlarding,  doim yonini olarding mana ahvol,  bu o’zing pishirgan osh aylanib ham o’rgilib ham o’zing ichasan”, deyotkan edi go’yo. Ammo Anvar  biroz sukut qildida ayoliga qarab dedi; ee xotin senga to’qqiz oy yuk bo’lgan, sen bilan o’rtamizni bo’lgan, ertaga uylanib xotinini pinjiga kirib ketadigan odam uchun kuyunasanmi?! siqilma, men senga sen menga keraksan o’zingni ehtiyot qil dedi.

Shundan so’ng Salima ishonchli qalqoni, suyangan tog’i eri ekanligini tushundi. Eskilarning “erim topkanini o’ynab yeyman, bolam topkanini o’ylab yeyman”, degan so’zlari naqadar haq ekanini yana bir karra angladi. Farzant tarbiyasi juda mashaqqat ekanini va bunda otaning o’rni beqiyos ekanligini tushunib yetti. Salimaning hayolini “kech bo’lganda so’rida nima qilib o’tiribsan, havo salqin uyga kir”, degan ovoz buzib yubordi. Bu o’sha Salimaning mehriboni, haqiqiy qahramoni Anvarning ovozi edi. Shu o’rinda shoirning ushbusatrlari  yodga tushadi:

Jufting uchun yasanib ey ayol hech tolmaging,

Qarilikni bo’yninga also also olmagin.

O’nta bolang bo’lsa ham erginangdan qolmagin,

O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga.

Alloh hech bandani yostiqdoshidan ayirmasin.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Xamidullayev No’monxon

414550cookie-checkMenga keraksan

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: