islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Aliy Ibn Madiyniy rohmatullohi alayh

To’liq ismlari: Abul Hasan Aliy ibn Abdulloh Ibn Ja’far ibn Najiyh ibn Bakr ibn Sa’d. Ibn Madiyniy rohmatullohi alayh hijriy 161-yilda (milodiy 778-yil) Basrada tavallud topganlar va shu yerda ulg’ayganlar. Oilalarining ildizi esa Madinayi Munavvaraga borib taqaladi.

U zot Hammod Ibn Zayd, Sufyon ibn Uyayna, Ismoil ibn Ulayya, Bishr ibn Mufaddol, Abdulloh ibn Vahb, Yahyo ibn Said al-Qottan, Abdurazzoq San’oniy, Vaild ibn Muslim, Abdurahmon ibn Mahdiy, Mulozim ibn Amr kabi buyuk muhaddislardan hadis rivoyat qilganlar.

Ibn Madiyniy r.a.dan hadis rivoyat qilganlar ichida esa Imom Buxoriy, Imom Abu Dovud, Muhammad ibn Yahyo Zuhliy, Ibrohim ibn Horis kabi buyuk muhaddislar bor. Shuningdek, Ibn Madiyniydan Sufyon ibn Uyayna va Muoz ibn Muoz kabi ustozlari ham hadis rivoyat qilganlar.

Ibn Madiyniy hadis, jarh va ta’dil, roviylarning nuqsonlari, sanadlar, rivoyatlar silsilasi borasida peshqadam bo’lganlar. Shogirdlaridan tashqari ustozlari tarafidan ham bir qancha maqtovli so’zlar keltiriladi. Ustozlari Abdurahmon ibn Mahdiy u zotni “Nabaviy hadislar bo’yicha eng bilimdon kishi” deb ta’riflagan. Boshqa bir ustozlari Sufyon Ibn Uyayna u kishini maqtab shunday deydilar: “Meni Aliy Ibn Madiyniyni yaxshi ko’rishimni malomat qilishadi. Allohga qasamki, undan u mendan o’rgangandan ko’ra ko’proq narsa o’rganganman”.

Buyuk muhaddis shogirdlaridan bo’lgan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy ham u kishini maqtab aytadilar: “Men biror bir shayxni oldida o’zimni ilmsiz hisoblamas edim, faqat Aliy Ibn Madiyniy oldilarida shunday bo’lardi”. Yana bir shogirdlari Abu Dovud esa quyidalarni aytganlar: “Ibn Madiyniy hadis ixtiloflarini Ahmad Ibn Hanbaldan ko’ra yaxshiroq biladi”.

Aliy Ibn Madiyniyni Ahmad Ibn Hanbal borasida mashhur gaplari bor. Aytadilar: “Alloh taolo islomni ikki kishi bilan aziz qildi, ularni uchinchisi yo’q. “Ridda kuni” Abubakr roziyallohu anhu bilan va “Mihna kuni” Ahmad Ibn Hanbal bilan”.

U zotni hadis illatlari borasida kitoblari bor hamda jarh va ta’dil borasida ham so’zlari muqaddam qo’yiladi.
Imom Buxoriyni Tarixul Kabir kitoblarida kelishicha, Aliy Ibn Madiyniy rohmatullohi alayh hijriy 234-yil Zulqa’da oyida vafot etadilar.

Toshkent islom instituti talabasi

Isroilov Muhammad

415050cookie-checkAliy Ibn Madiyniy rohmatullohi alayh

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: