islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Tinchlik bebaho ne’mat

Tinchlik, osoyishtalik, ne’matlarning eng sarasidir. Zero, dunyoda hayotning osuda davom etishi, Alloh buyurgan amallarni to‘liq ado etish, ayniqsa mamlakat taraqqiyoti, musulmonchilik rivoji uchun tinchlik va xotirjamlik suv bilan havodek zarur.

Osoyishtalik har kimga, har joyda kerak. Kishi xotirjam bo‘lsagina, hayotda ko‘zlagan maqsad va orzu-havaslarini amalga oshirish yo‘lida sa’y harakat qila oladi. Oilasi tinch bo‘lsa, farzandlarining ta’lim-tarbiyasi bilan xotirjam shug‘ullanish, ularni kelajak hayotga tayyorlash ishi bilan mashg‘ul bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Alloh taolo kalomida marhamat qilib aytadi:

Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!…

Islom dini o‘z nomi bilan tinchlikdir. Uning ta’limotidagi asosiy da’vat insonlarni tinchlikka chaqirish, yer yuzida osoyishta hayot o‘rnatish, kishilarni bir biriga mehr muruvvatli bo‘lishga, dini, millati, irqidan qat’iy nazar, o‘zaro izzat hurmat ko‘rsatishga chorlashdir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U xotirjamlik va sihat-salomatlik, dedilar.

Demak, tinchlik va xotirjamlik alloh taoloning behisob bo‘lgan buyuk ilohiy ne’matlaridan biridir. Shuning uchun ham dinimizda mana shu ne’matlarini qadriga yetishimizga targ‘ib qilinyapti.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Abdukarimov Sadriddin

417223cookie-checkTinchlik bebaho ne’mat

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: