islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Tinchlik va osoyishtalik oliy ne’mat

Tinchlik oliy ne’mat, inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bugungi kunda bizlarni xotirjamlik, beparvolik va loqaydlikka berilmaslikka undaydi. Tinchlik va osoyishtalik tepasida rahbarlarimiz bor, xavotir qilishimiz kerak emas, degan fikrlarga bormasdan, tinchlik- bu ulug‘ ne’mat ekani va uning qadriga yetish, unga shukrona aytish va hammani shunga chorlash lozim bo‘ladi.

Ma’lumki, tinchlik Alloh taolo tomonidan butun insoniyatga in’om etilgan ulug‘ ne’matdir. Islom dini tinchlik tushunchasini o‘zining bosh g‘oyasi va muhim shioriga aylantirgani ham bejiz emas. Shuning uchun bu ne’matga doim shukur qilishimiz kerak bo‘ladi. Shukr qilish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, balki o‘zidagi moddiy va ma’naviy ne’matlar haqida mulohaza qilish, qashshoqlik muhtojlikni yodga keltirish insonni o‘zidagi ne’matlar uchun Allohga shukr qilishga undaydi. Shukr esa, ne’matning yanada ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, noshukrlik, nonko‘rlik kabi holatlar in’om etuvchida nafrat va g‘azab paydo bo‘lishiga olib keladi. Noshukrlik insonlararo munosabatlarda ham o‘zining salbiy natijalarini beradi. Yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish esa oliyjanoblikdir.

Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi.

Shuning uchun ham mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘iday asrashimiz, Vatanni sevish, unga xizmat qilish singari tushunchalarni yoshlarimiz ongiga singdirishimiz kerak. Ular oqni qoradan, haqni botildan ajrata olsin. Yoshlarimiz bunday ta’limotlarni ongida muhrlasa, dunyo qarashi keng, har jihatdan bilimli, zukko, hamisha ogoh avlodni g‘animlar yenga olmaydi.

Har birimiz bir birimizni ko‘rganimizda Assalomu alaykum, Va alaykum assalom, ya’ni Sizga Allohning tinchligi bo‘lsin! va Sizga ham Allohning tinchligi bo‘lsin degan istak va tilak bilan boshlaymiz. Agar biz yashayotgan oilamiz, qo‘shnimiz, yurtimiz tinch bo‘lsa, eng baxtli inson bo‘lamiz.

Tinchlik rohat, urush ofat, Tinchlik bo‘lsa el ko‘payar, urush bo‘lsa sel ko‘payar, deydi xalqimiz. Shunday ekan, osoyishtalikni asrash zarurligini anglash, bu yolda g‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, kurashish alohida ahamiyat kasb etadi.

Toshkent islom instituti talabasi

Sadriddin Abdukarimov

417380cookie-checkTinchlik va osoyishtalik oliy ne’mat

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: