islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Kimlarga salom berish makruh?

Islom dini musulmonlarni doimo go‘zal xulqli bo‘lishga buyuradi. Shu go‘zal xulqlardan biri salomni musulmonlar orasida yoyishdir. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bir kishi Rosululloh sollollohu alayhi vasallamdan: “Ey, Rosululloh, islomning qaysi (xislati) yaxshi” deb so‘raganida U Zot: “(Ochlarni) taomlantirmog‘ing va tanigan va tanimaganga salom bermog‘ing” deb javob berdilar.

Rosululloh sollollohu alayhi vasallam tanigan va tanimagan musulmonlarga salom berish islomning go‘zal xislatlaridan ekanini bizlarga ta’lim berdilar. Lekin ulamolar barcha hadislarni o‘rganib, ba’zi o‘rinlarda salom berish makruh ekanini aytganlar.

Salom berish makruh bo‘lgan o‘rinlardan ba’zilari quyidagicha:

  • Namoz o‘qiyotgan kishiga salom berish makruh
  • Qur’on o‘qiyotgan kishiga salom berish makruh
  • Bir inson bir ish bilan o‘ta mashg‘ul bo‘lsa unga salom berish makruh
  • Zikr qilayotgan odamga salom berish makruh
  • Dars aytayotgan ustozga salom berish makruh
  • Azon aytayotgan muazzinga salom berish makruh
  • Begona ayolga salom berish makruh
  • Kofir odamga salom berish makruh
  • Aroq ichayotgan odamga salom berish makruh
  • Gunoh qilayotgan odamga salom berish makruh
  • Qimor o‘ynayotgan odamga salom berish makruh

Bu yuqoridagilarga salom berish makruhligi ba’zilari ma’siyatligi e’tiboridan, ba’zilari esa u insonlarni noqulaylikka solib qo‘yish e’tiboridan makruh deyilgan.

Toshkent islom instituti talabasi

Ne’matxanov Alixon

418281cookie-checkKimlarga salom berish makruh?

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: