islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Qur’on tom ma’noda zikrdir

Alloh taolo aytadi: “Albatta bu zikrni (ya’ni, Qur’onni) Biz O‘zimiz nozil qildik va uni O‘zimiz asraguvchimiz!” (Hijr, 9).

Alloh taolo ushbu oyatda O‘z Rasuliga Qur’onni nozil qilganini, uni odamlar tomonidan kiritiladigan o‘zgarish va qo‘shimcha kiritishdan himoya qilishni O‘zi nazorat qilib turishini ma’lum qilmoqda.  Ushbu oyatda Qur’on “zikr” so‘zi orqali ifodalanmoqda.  Qur’onning sifatlaridan biri “zikrul-hakiym”dir. Ulamolar bu so‘zni hikmatli zikr, odamlarga hukmlarni bayon qiluvchi kitob yoki oyatlari muhkam bo‘lgan, unda biron ixtilof va qarama-qarshilik bo‘lmagan Kitob, deb izohlashgan.  Qur’onda Allohning ahkomlari, U Zot bandalarini qaysi amallardan qaytargani zikr qilingan. Qolaversa, bu ulug‘ Kitobda avvalgi o‘tgan ummatlar qissasi va kelajakda bo‘ladigan voqealar ham zikr qilingan.  Qur’on tom ma’noda zikrdir. U bandaga oxiratni eslatadi, Allohning oyatlarini eslatadi. Qur’on dunyo ziynatlariga ko‘milib yashab, aql ko‘zini moddiyat pardasi xiralashtirgan bandaga o‘limni eslatadi. Shuningdek, Qur’on Allohni zikr qilish vositasidir. Qur’oni karimni tilovat qilgan banda Allohni eng go‘zal suratda eslagan bo‘ladi. Sababi unda zikrning barcha turlari mavjud.

Toshkent islom instituti talabasi

Tillayev Muhammad Ali

419520cookie-checkQur’on tom ma’noda zikrdir

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: