Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, “Tahfizul-Qurʼon” kafedrasi mudiri Jahongir qori Neʼmatov va “Qurʼoni karim va tajvid oʻquv kurslari” boʻlimi boshligʻi Jahongir qori Roʻziyev Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursiga tashrif buyurib, faoliyatini koʻzdan kechirdilar, tinglovchilar bilan muloqot qildilar.
Oʻquv kursida 3 oy taʼlim olib, tahsilni yakunlagan bitiruvchilar uchun bitiruv tadbiri tashkil etildi.
M.Muhammadsiddiqov “Musaffo dinimizning taʼlim-tarbiyaga bo’lgan eʼtibori” mavzusida maʼruza qildi. Shuningdek, ustoz Jahongir qori Neʼmatov “Qurʼon ahli Alloh taoloning xos bandalaridir” mavzusida tinglovchilarga maʼlumot berdi.
Tadbir yakunida bitiruvchilarga sertifikat va musʼhafi shariflar hadya qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2018-yil 30-apreldagi 01A/056-sonli buyrugʻi tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyatida 2018-yil 10-iyundan boshlab “Qurʼoni karim va tajvid” oʻrgatish boʻyicha pullik oʻquv kurslari tashkil etildi.
Oʻquv kurslariga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari suhbat asosida qabul qilinadi.
Tinglovchilar diniy taʼlim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
- pasport nusxasi (asli koʻrsatiladi);
- 4 dona fotosurat (3×4 hajmdagi);
Manzil: Guliston shahri, Tarqqiyot MFY, Bunyodkor koʻchasi 605 uy
☎️ (77) 007-01-38, (94) 007-19-95
TII Matbuot xizmati