islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Kim xush, kim behush?!

Bu voqea yaqinda metroda sodir boʻlganedi

Tiqilinch, dim havo, shovqinKunlik odatiy holga aylangan. Yoshlar ham, yoshikattalar ham tiqilinch orasidan qoʻllaridagi kichik telefon uchun albatta joy topadilar. Kim Instagramdagi qisqa videolardan, kim rango-rang oʻyinlardan boshini koʻtarmaydi. Atrof bilan hech kimning ishi yoʻq, hamma kichik qurilma ichiga shoʻngʻib ketgandek. Hatto, tushar bekatlarni bilmas daraja behush yoki mudragan odamdek

Bu safargi hodisabehushlar”ni uygʻotib qoʻydi. Tutgichlarni arang ushlab kelayotgan qizning ranglari oʻzgardi. Oyoq-qoʻllari qaltirayboshladi. Soʻz aytishga ulgurmay, xushini yoʻqotdi. Avvaliga telefon ichidagi behush odamlar buni sezmay ham qolishdi. “Qiy-chuvboshlangach, hamma qurilmasini oʻchirib, bir-bir boʻy choʻzib: “Kim? Nima boʻpti?” deya qiziqa boshlashdi. Ungacha oʻsmir qiz oyoqlar ostiga choʻzilib ulgurdi. Xayriyat, bu holat navbatdagi bekatda, eshiklarni ochilishiga yaqin yuz berdi. Metro xodimlari tezlik bilan vagonga kirib uni tikka qilishga urinar, qiz oʻziga kelmas edi. Barzangi yigitlardan biri oʻsmir qizni dast koʻtardiyu, tashqariga olib chiqib ketdieshik yopildi. Koʻzlar oniy lahzada yuz bergan bu tushunarsiz holatdan qotib, qizni kuzatgancha keyingi bekat sari yurib ketdiHech kim qizoʻlikmi, tirikmi, aslida nima boʻlgan, nega hushidan ketganini bilmas ediVagonga ancha muddat jimlik choʻkdi. Hamma oʻzicha nimanidir oʻylab, sukutga choʻmdi. Bu jimlik uzoqqa bormay, yana oʻsha-oʻsha holattelefonlar ochilib gurung boshlandi. Quvnoqqoʻshiqlar, otishmali oʻyinlar jaranglay ketdi.

Qiziq, aslida kim xush, kim behush ekan?! Telefon ichidagibehushlarAllohning oldidaojizligi, koʻz ochib yumguncha boʻlgan muddatda nimalar sodir boʻlishini anglamagan, kerakli saboq chiqarmaganlar shekilli

TII “Hadis va Islom tarixi

oʻqituvchisi N.Saidakbarova

420960cookie-checkKim xush, kim behush?!

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: