islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Soha rahbarlari Qashqadaryodagi imom-xatiblar bilan muloqot oʻtkazdilar

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor M.Muhammadsiddiqov, Moliyaviy nazorat va tahlil boʻlimi mudiri I.Zuhriddinov, Masjidlar bilan ishlash boʻlimi mutaxassisi D.Rahimov, viloyat bosh imom xatibi R.Usmonov Qashqadaryo viloyati imom-xatiblari va imom noiblari bilan uchrashib, muloqot oʻtkazdilar.

Uchrashuvda masʼullar Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, global tahdidlar, siyosiy-diniy oqimlar xatari, imom-xatiblikning masʼuliyati, bilimli va dunyoqarashi keng diniy kadrlarga boʻlgan talab va ularga qoʻyilayotgan vazifalar yuzasidan nutq soʻzladilar.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistondagi masjidlar 2116 ta boʻlib, Qashqadaryo viloyatidagi masjidlar soni esa 190 ga yaqin.

Qurʼoni karim Tavba surasi 18-oyatda: “Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni barkamol oʻqigan, zakot bergan, va faqat Allohdangina qoʻrqqan kishilar obod qilurlar. Aynan oʻshalar hidoyat topuvchilardan boʻlishlari mumkin”, deyiladi.

Qashqadaryo viloyatida hozirgi kunda barcha jome masjidlarida moʻmin-musulmonlarning emin-erkin ibodat qilishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Masjidlar qurilishida voha meʼmorlik sanʼati va zamonaviylik uygʻunligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Shinam xonaqohlar, koʻkka boʻy choʻzgan gumbazlar, oʻziga xos naqshlar bilan bezatilgan mehroblar, xattotlik sanʼati aks etgan Qurʼoni karim va hadisi shariflardan bitiklar, baland-baland minoralar shular jumlasidandir.

OʻMI Qashqadaryo viloyat vakilligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:

Internet https://nasafziyo.uz

Telegram https://t.me/nasafziyo

Facebook ➡️ https://www.facebook.com/nasafziyouz.qashqadaryo

Youtube https://www.youtube.com/@nasafziyouz3520

TII Matbuot xizmati

421500cookie-checkSoha rahbarlari Qashqadaryodagi imom-xatiblar bilan muloqot oʻtkazdilar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: