Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor M.Muhammadsiddiqov, Moliyaviy nazorat va tahlil boʻlimi mudiri I.Zuhriddinov, Masjidlar bilan ishlash boʻlimi mutaxassisi D.Rahimov, viloyat bosh imom xatibi R.Usmonov Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kurs oʻqituvchi va tinglovchilari bilan muloqot qildilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2018-yil 30-apreldagi 01A/056-sonli buyrugʻi tasdiqlandi. Shu munosabat bilan Muhammad ibn Ahmad al-Bernuiy madrasasida 2018-yil 10-iyundan boshlab “Qurʼoni karim va tajvid” oʻrgatish boʻyicha pullik oʻquv kurslari tashkil etildi.
Oʻquv kurslariga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari suhbat asosida qabul qilinadi.
Tinglovchilar diniy taʼlim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;
pasport nusxasi (asli koʻrsatiladi);
4 dona fotosurat (3×4 hajmdagi);
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Qalliq Bogʻobod mahallasi, Nasaf koʻchasi, 274-uy
☎️ (75) 220-06-32, (91) 222-03-03
Lokatsiya: https://goo.gl/maps/DsfuwUhjLi5Sp7Wf7
Hozirda yurtimizda 28 ta mana shunday “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kurslari ishlab turibdi.
TII Matbuot xizmati