islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Noyabr 7, 2023

Day

Majnunning tuyasi

Bir kuni Majnun Layli mahallasiga bormoq uchun tuyaga minib yo’l oldi. Uning butun dardi, fikri-zikri Layli tarafda edi. Majnunning dardi bu bo’lgani holda, tuyaning dardi butunlay boshqa edi. Tuya ortda qolgan bo’talog’ini o’ylardi. Ayriliq zanjirini uzib uning yoniga borgisi kelardi. Majnun hayoldan uyg’ongan mahallari Layli tarafga tuyani sudrar, yana hayolga g’arq bo’lgach esa tuya yo’lni bolasi tomonga burardi...- Toshkent islom instituti talabasi Abbosxonov Muxriddin

Hindiston shohini Mahmud G’aznaviy qo’liga asir tushgani

Hindlarning qari bir podsholari bor edi. Sulton Mahmud bilan jangda asir tushdi. Uni bandi qilib Mahmud oldiga keltirdilar. Sulton uni afv etdi va hindlar shohi musulmon dinini qabul qildi. Musulmonchilikda Allohni yaqindan taniy boshladi, ikki olamdan kechib, Alloh yodida ibodatlar qiladigan bo‘ldi. Bir xonada xilvatda tanho o‘tirib, Alloh ishqida tunni kunga, kunni esa tunga ulab nola qilardi. Har doim o‘rtanib yig‘lardi, tuni kunduzdan, kunduzi tundan ham og‘ir kechardi. Uning zor-zor nola qilib yig‘lashlari Mahmud qulog‘iga yetdi...- Toshkent islom instituti talabasi Vohidov Hasanboy

 Hadicha bint Xuvaylid 

Mo`minlarning onasi Hadicha bint Xuvaylid Quraysh qavmidan bo`lganlar. U kishi  “Fil voqeasi”dan o`n besh yil oldin Makkada tavallud topganlar. Otasining ismi Xuvaylid, onasi Fotima bo`lgan. Uning ota tomondan nasabi Qusayda Payg`ambarimiz nasabi bilan bog`lanadi. Ona tarafidan Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bilan katta bobolari Luayda birlashadi. Qavmining eng boy ayollaridan edilarlar. O`sha vaqtdagi fozila qizlarda topilishi kerak bo`lgan barcha sifatlar bor edi...- Toshkent islom instituti talabasi Sadriddin Abdukarimov

“Сунани Абу Довуд” ровийлари

“Сунани Абу Довуд” бир неча ровийлар томонидан ривоят қилинган. Шайх муҳаддис Абдулазиз Деҳлавий раҳимаҳуллоҳ ўзининг “بستان المحدثين” китобида “Сунани Абу Довуд”нинг учтасини ровийлари билан қўшиб зикр қилганлар... - ТИИ 4-курс талабаси Мухтасархон Тўйчиева