XX asr so‘nggida musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami namoyon bo‘ldi. U ham bo‘lsa mazhabsizlikka chaqiruvchilar toifasidir. Harakat tarafdorlarining da’vosicha, Islomda unga e’tiqod qiluvchi shaxs uchun sunniylikdagi to‘rt yoki undan boshqa fiqhiy mazhablarning biriga ergashishlik shart qilinmagan. Agar musulmon shaxs, biror shar’iy masalada ulardan birining yo‘lini o‘ziga lozim tutsa, u ko‘r-ko‘rona taqlid qilgani uchun xatokor mutaassib va dinidan ajralgan firqa va guruhlardagi shaxslar kabi adashadi...- Toshkent islom instituti talabasi Rahimjonov Mahmudjon