Zikr arab tilida «eslash», «yodga olish» degan ma’noni anglatadi. Shariatimiz istilohida esa Allohni eslash, Uning buyukligini e’tirof qilish va bandaning Yaratganga bo‘lgan muhabbatini izhor etish demakdir. Alloh taolo Qur’oni karimda bunday degan: «Meni zikr qiling, Men ham sizni yodga olaman. Menga shukr qiling va noshukurlik qilmang!» (Baqara surasi, 152-oyat) - Toshkent islom instituti talabasi Abdulmalik ALIMOV