Kvadroberlik (quadrobics yoki quadrobics lifestyle) ingliz tilidagi "quad" (to‘rt) va "aerobics" (jismoniy mashq) so‘zlaridan tashkil topgan atamadir. Bu submadaniyat to‘rt oyoqlab yurgancha mushuk, it yoki boshqa hayvonlarga taqlid qilish, ularga xos sakrash va harakatlarni bajarish orqali o‘zini ifoda etish shaklidir.