Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining “Islom ma’rifati” nomli ilmiy-tahliliy jurnali ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlar xodimlari, mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar, olimlar, mutaxassislar hamda mustaqil izlanuvchilarning maqolalarini qabul qiladi.
Jurnalga islom tarixi, islomshunoslik, dinshunoslik, manbashunoslik va matnshunoslik, islom huquqi, faroiz, aqoid va kalom ilmi, filologik tadqiqotlar, islom falsafasi, shuningdek, diniy-ma’rifiy sohalariga oid ilmiy maqolalar qabul qilinadi.
Mazkur jurnal yilda to‘rt marta nashr qilinadi. Ahamiyatga molik tadbirlar yoki muhim sanalar munosabati bilan zarurat yuzasidan qo‘shma son sifatida chop etilishi mumkin. Mazkur jurnalda maqolasi chop etilgan mualliflarga qalam haqi to‘lanmaydi.
Eslatma: Tahrir hay’ati vakillaridan birining yoki bir nechtasining e’tiroziga ko‘ra, maqola nashr etilmasigi mumkin. Tahrir hay’ati institut va turdosh boshqa ta’lim muassalalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat olib borayotgan olimlar jamoasidan iborat.
“Islom ma’rifati” jurnaliga o‘zbek, rus, ingliz, va arab tillaridagi maqolalar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi.
Muhammadsidiqov, M. (2022). Jamiyat barqarorligiga taʼsir etuvchi maʼnaviy va siyosiy tahdidlar. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 1074-1082.
Toshkent islom instituti asosiy binosi
Toshkent, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-bekr koʻcha, 47-uy
+998-71-227-42-37
islom-instituti@umail.uz
Qabul kunlari: yakshanbadan tashqari har kun
Maqolalar elektron shaklda institut emailiga yoki shu sahifa orqali “Islom ma’rifati” jurnaliga deb jo’natiladi.