islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

“Alisher Navoiyni bilasizmi?” mavzusida 50 talik test viktorinasi

Ismingiz
1. 
“Alisher Navoiy Mashhad shahrida Abulqosim Firdavsiy, Amir Xusrav Dexlaviy, Farididdin Attor,Hofiz Sheroziy kabi buyuk so‘z sanatkorlari ijodini chuqur o‘rgandi. Xalq orasida “zullisonayn” tahallusini oldi”. Savol “Zullisonayn” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

2. 
Alisher Navoiyning ustozi kim bo‘lgan?

3. 
O‘z davrida Hirot shahrida mashhur shoirlardan bo‘lgan Mirsaid Kobuliy va Muhammadali G‘aribiylar Alisher Navoiyga qanday aloqador bo‘lishgan?

4. 
“Saddi Iskandariy” dostonida Eron shoxi Doro o‘limi oldidan Iskandarga uchta narsani vasiyat qiladi. Iskandar uchchala vasiyatini ham bajaradi. Ular qaysilar?

5. 
Alisher Navoiydan nechta asar yetib kelgan?

6. 
1496 yilgi vazir Nizomulmulk va Xadichabegimning fitnasi bilan aybsiz qatl qilingan Badiuzzamon Mirzoning ug‘li, Sulton Husayn Bayqaroning nabirasi bulgan Alisher Navoiyning sevimli va umidli shogirdi kim?

7. 
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida Laylini qo‘lini so‘ragan badavlat yigit kim edi?

8. 
Alisher Navoiy qaerda va qachon tavallud topgan?

9. 
Alisher Navoiyning fors tilida yozilgan g‘azallaridan tuzilgan devoni qanday ataladi?

10. 
“Sab’ai sayyor” dostoni necha bobdan iborat?

11. 
Alisher Navoiyning piri, ustozi Abdurahmon Jomiy xotirasiga bag‘ishlangan asar nomini ko‘rsating!

12. 
Alisher Navoiy Mashhad shaxrida necha yil yashab taxsil olgan?

13. 
Alisher Navoiyning barcha she’riy merosi 9 devonda jam bo‘lgan. Ularning ikkitasi ixlosmandlari tomonidan tuzilgan. U ikki devon qaysi bandda ko‘rsatilgan?

14. 
Alisher Navoiy qaysi turkiy dostonida “Foniy” taxallusini ishlatgan?

15. 
Alisher Navoiyning ”Farxod va Shirin” dostonida Farxod Yunonistonga Suqrot huzuriga qanday sabab bilan boradi?

16. 
Mir Alisher Navoiyning otasining ismini ko‘rsating?

17. 
Alisher Navoiy 770 ta ulug‘ shayx va valiylar xyotiga bag‘ishlangan asari qanday ataladi?

18. 
“Alisher Navoiyning qaysi asari insho san’atining turkiy tilda yaratilgan yuksak namunalaridan biri hisoblanadi?

19. 
“Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarni chaqaloqligida topib olgan rum shohining ismi qaysi bandda ko‘rsatilgan?

20. 
Alisher Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodirga nega “kichkina” laqabi berilgan?

21. 
“Lisonut-tayr” dostonida qushlarga so‘zlab berilgan dostondagi eng katta va alohida mavqega ega bo‘lgan hikoya qaysi bandda ko‘rsatilgan?

22. 
Farxod va Shirin dostoni necha bob va qancha baytdan iborat?

23. 
Alisher Naovoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni necha bobdan iborat?

24. 
“Saddi Iskandariy” dostoni necha bobdan iborat?

25. 
Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni qahramonlarini ko‘rsating!

26. 
“Lisonut-tayr” dostoni necha bobdan iborat?

27. 
11-12 yoshli Alisher Navoiyning yozgan ( Orazin yopqoch ko‘zimdin sochulur har lahza yosh) matla’li birgina g‘azaliga O‘zining butun ijodini almashtirish istagini bildirgan mashhur shoirning ismi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

28. 
Alisher Navoiy Samarqanda nechanchi yillarda yashagan?

29. 
Alisher Navoiy “ Saddi Iskandari” dostonida Faylaqus vafotidan sung Iskandarni bir qolidan Arastu ikkinchi qo‘lidan Balinos tutib Rum taxtiga chiqarganini tasvirlab, ikki faylasufni qaysi ikki payg‘ambarlarga qiyoslagan?

30. 
Alisher Navoiy o‘zining “xamsa” asarini yozishga qancha vaqt sarflagan?

31. 
Alisher Navoiy o‘zining eng katta orzusi bo‘lgan “xamsa”ni nechanchi yili yozib tugatilgan?

32. 
Alisher Nvoiyning 1465-1466 yillarda ixlosmandlari tomonidan tuzilgan devonini nastaliq xatiga ko‘chirgan “xattotlar sultoni”nomi bilan mashxur xattot qaysi bandda ko‘rsatilgan?

33. 
“Sab’ai sayyor” dostonida “ Juma kuni uchun uning homiysi Zuhro (Venera) rangiga mos qasr barpo qilingan edi”. Shoir qaysi rangni nazarda tutgan?

34. 
13-14 yoshli Alisher Navoiyning otasi vafot etgach, qaysi xukumdor uni o‘z qaramog‘iga olgan?

35. 
Alisher Navoiy qalamiga mansub “xamsa”asari necha ming misradan iborat?

36. 
Alisher Navoiyning “Xamsa”sidagi dostonlar qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

37. 
“Saddi Iskandariy” dostonida tarixi keltirilgan Eronda hukmronlik qilgan to‘rt sulola qaysi bandda ko‘rsatilgan?

38. 
Alisher Naovoiyning “Lisonut-tayr” asarida qushlarning yo‘l boshchisi hamda, xikoyalar so‘zlovchi qush qanday nom bilan ataladi?

39. 
“Favoid ul-kibor” Alisher Navoiyning qaysi devoniga mansub?

40. 
Navoiy, Fazlulloh Abulaysiy bilan ........ shahrida uchrashib undan Fiqh va arab tilidan tahsil olgan.

41. 
Alisher Navoiyning “Ilk devon” nomi bilan mashhur devoni muxlis va shogirdlari tomonidan 1465 yilda tuzilgan. Navoiyning o‘zi tomonidan 1470-1476 yillarda tuzilgan ilk “devon” qanday ataladi?

42. 
Alisher Navoiy 1491-1492 yillarda tuzilgan devoni “Xazoin ul-maoniy” yana qanday nom bilan mashhur bo‘lgan?

43. 
“Sab’ai sayyor” dostoni Qahramoni Shoh, shanba uchun shu kunning homiysi bo‘lgan Zahal(Saturn) sayyorasisining rangiga mos qora qasr ؘ– Mushkfom qasrda Hindistonlik sayyohdan qanday hikoyani tinglaydi?

44. 
Alisher Navoiy 18-20 yoshida necha misra sherni yod olgan?

45. 
Alisher Navoiy fors-tojik tilidagi asarlarida qanday taxallusda ijod qilgan?

46. 
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni qaxramoni Majnunni ismini va qabilasining nomini ko‘rsating!

47. 
Alisher Navoiyning “xamsa”sidagi “Hayrat ul-abror” dostoni 21 bobi, tasavvuf olimlaridan bulgan qaysi buyuk olimlar madhiga bag‘ishlangan?

48. 
Alisher Navoiy qaerda va qachon vafot etgan?

49. 
“Saddi Iskandariy” dostonida Faylaqus ug‘li Iskandarni qaysi olimga shogirtlikka beradi?

50. 
Alisher Navoiyning umri poyonida yozgan so‘ngi asari qanday nomlanadi?

419980cookie-check“Alisher Navoiyni bilasizmi?” mavzusida 50 talik test viktorinasi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: