Alloh taolo dunyoni yaratibdiki, uni sabablar ustiga bino qilgan va o‘zi yaratgan mezon va qonunlarga ko‘ra joriy qilgandir. Sof va pokiza fitratli inson o‘z aqli va tafakkuri bilan bu mezon va qonunlarni tushunishi, anglashi va hattoki shu qonunlar joriy bo‘lishida o‘zining sof aqli va tafakkuri orqali ishtirok etishi ham mumkin. Inson haqni izlashdan to‘xtamasa, Alloh unga haqni topishida yordamchi va madadkor bo‘ladi. “Yo‘l yurganga ko‘rinadi” deganlaridek, haqni izlashdan to‘xtamagan kishi uni topishi va anglashi ham tayindir...- Toshkent Islom Instituti talabasi Yaxshiboyev Muhammad Said