Odamzod ilmni oʻrganish orqali hosil qiladi. Oʻrganish esa kishining tafakkuri, narsa va hodisalarga kuchi yetganicha aniqlik kiritishdir. Ilmni odam bolasi yaratilgandan boshlab toʻxtovsiz ravishda oʻrganadi. Ilm inson vujudining xushmanzara bogʻidir va odamiylik olamining javohirga boy togʻidir. Ilm axloqi odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Kishi qalbining nuri, ilmi va maʼrifati bilan baquvvat boʻladi. Ilmdan hali hech kim zarar koʻrgan emas. Ilmni egallab olish esa bir sanʼatdir. Yaxshi tahsil koʻrgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan har bir inson har joyda izzat topadi. Alloh taolo ilmli kishining darajotlari yuqoriga koʻtaradi. Ilm-inson uchun ziynat. - “Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi F.YERNAZAROV
Najmiddin an-Nasafiy islomiy va lingvistik fanlarning turli sohalarida asarlar yozgan bo‘lib, uning yozgan kitoblari soni 100 dan ortiqni tashkil etadi. Eng mashhur asarlaridan biri “Matn al-Aqoid an-Nasafiyya” bo‘lib, bu asar kichik hajmda yozilgan bo‘lsa-da, u kalom ilmidagi eng muhim masalalarni o‘z ichiga oladi. - Muhammadsiddiq AHMADJONOV, TII 4-kurs talabasi
A.Temurning katta xizmatlaridan muhimi shuki, u madaniyat va ilm homiysi sifatida mashhur bo’ldi, o’z saroyiga olim-u fuzalo arboblarini to’pladi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi...-Toshkent islom instituti 405-guruh talabasi Shamuratov Omirzaq
Imom, qozilar qozisi, Abdul-Vahhob Taqyiddin o’g’li Abil-Hasan Ali Zaynuddin Abdul-Kofining o‘g‘li Ziyouddin Ali Tamomning o’g’li Yusuf Yahyo o’g’li Umar Usmon o’g’li Ali Sivar o‘g‘li Solimas-Subki al-Ansoriy al-Xazraji ash-Shofe'iy al-Ash'ariy...-Toshkent islom instituti talabasi Saidburhon Rabboniy
“Sahihul Buxoriy”ni tarojimlari bahsiga kirishar ekanmiz, bu so’zni eshitganda ko’pchilikning zehniga ulamolarning tarjimai holi va siyrati haqida yozilgan asarlar keladi va bu ma’no ham o’z navbatida ushbu so’z o’z ichiga oladigan bir qancha ma’nolarning biridir...-Toshkent islom instituti 401 guruh talabasi Salayev Sayyidiso