islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Ilmiy tadqiqot

Tag

Moturidiy maktabining rivojlanish tarixi

Moturid — Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birining nomi. U hozirda buzilgan shaklda Matrit deya ataladi. Aslida esa, manbalarda aytilishicha, qishloqning nomi arabcha «Mo turid?» so`zidan olingan. Ma’nosi «Nima demoqchisan?»dir. Aytishlaricha, Shayx Abu Mansur kalom ilmiga ruju qilgan paytlarida shogirdlari ko`payib ketgan va ular o`zaro bahs qilganlarida bir-birlariga arab tilida ko`pincha «Mo turid?» deb murojaat qilganlar. Shu so`z ko`pchilik qulog`iga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirdlarini moturidiylar, qishloq nomini esa Moturid deb atay boshlaganlar (Zarnujiy. «Ta’lim al-muta’allim» sharhi)...- Toshkent islom instituti talabasi Abdusattoriy Abdulloh

Aliy Ibn Madiyniy rohmatullohi alayh

To'liq ismlari: Abul Hasan Aliy ibn Abdulloh Ibn Ja'far ibn Najiyh ibn Bakr ibn Sa'd. Ibn Madiyniy rohmatullohi alayh hijriy 161-yilda (milodiy 778-yil) Basrada tavallud topganlar va shu yerda ulg'ayganlar. Oilalarining ildizi esa Madinayi Munavvaraga borib taqaladi...- Toshkent islom instituti talabasi Isroilov Muhammad

Ibrohim ibn Adham

Ibrohim ibn Adhamning tug'ilgan sanalari noma'lum, u 161 hijriy, 778 milodiy yilda vafot etgan. U kishi Balx podshohining o'g'li, ulug' valiyulloh, ko'plab karomatlar sohibi, taqvo va zuhdda peshqadam bo‘lganlar. Ilmni amal uchun o'rganganlar. Aksar odamlar ilmlari tog'dek, amallari zarradek bolib qolib, yanglishishadi...- Toshkent islom instituti talabasi G‘oziyev Kamoliddin