islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
#Madaniy_meros

Tag

Milliy-madaniy merosimiz: “Malik Ashtar” obidasi

O‘zbekiston tarixiy obidalar yurti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tarix chig‘iriqlaridan o‘tgan bu osori atiqalar millat o‘tmishidan so‘zlaydi. Ular o‘z bag‘riga olgan har bir naqsh, har bir g‘isht, har bir yog‘och sizni o‘z davriga yetaklaydi. Tarixiy obidalar O‘zbekistondagi istalgan hududda topiladi. Ularning har birida o‘ziga xos sir, o‘ziga xos tarix yashirin. Quyida so‘zlamoqchi bo‘lganimiz tarixiy obidalardan biri Shahrisabz shahrida joylashgan. Ming afsus bilan aytish kerakki, u haqida juda ko‘p ma’lumot mavjud emas. Bu “Malik Ashtar” masjididir...- TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Badiyev

Milliy-madaniy merosimiz: Oq saroy majmuasi

Saroy qurilishi 1380-yilda boshlanib, 1386-yilda tugallangan, ammo uning bezash ishlari 1404-yilgacha davom etgan. Ushbu muhtasham saroy Amir Temurning onasi Takinaxotun xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. Yodgorlikning faqat bir qismigina bizning davrimizgacha yetib kelgan. Saroy qurilishida Xorazm, Eron va boshqa mamlakatlarning taniqli hunarmandlari qatnashgan. Masalan, gumbazli arkni bezashda tosh kesuvchi usta Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki marta takrorlanadi. 20 yil davomida qurilgan va hozirda xarob ahvolda bo‘lgan noyob me’morchilik durdonasi bugungi kunda ham o‘zining hashamati va ulug‘vorligi bilan shahar mehmonlarini hayratga solmoqda...- TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Badiyev