islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
#Yangiliklar

Tag

Oliy va o’rta maxsus islom ta’lim muassasalari rahbarlari seminari o’tkazildi

Bugun Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari rahbarlari seminari bo‘lib o‘tdi. - TII Matbuot xizmati

Axmedov Sayqal Abdurahmonovichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Toshkent islom instituti “Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi katta oʻqituvchisi Axmedov Sayqal Abdurahmonovichning “Abu Barakot Nasafiyning Movarounnahr hanafiy fiqhi rivojiga qo‘shgan hissasi (al-Vofiy asari asosida)” mavzusidagi 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi 2024 yil 6 avgust kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Sun’iy intellekt yordamida Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayoti haqidagi ilk serial yaratildi

Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayoti haqidagi veb-serial birinchi marta sun’iy intellekt (SI) yordamida Pokiston va Singapur ijodkorlari tomonidan yaratildi. Bu haqda Arab News xabar berdi. «Muhammad: olamlar uchun rahmat» (ing. «Muhammad: The Mercy for the Multiverse») deb nomlangan veb-serial musulmonlar uchun ko‘ngilochar videoxizmatlarni taqdim etuvchi MuslimPro tarkibiga kiruvchi Qalbox va ma’naviy ta’lim uchun onlayn platforma bo‘lgan Qur'anscape hamkorligi mahsulidir.

Sayfudinov Raxmatula Xabibulayevichning islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Toshkent islom instituti "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi katta oʻqituvchisi Sayfudinov Raxmatula Xabibulayevichning “Sahihul Buxoriy”da ijtimoiy-axloqiy hadislarning yoritilishi” mavzusidagi 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik ixtisosligidan islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi 2023-yil 12-dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. 

Yoshlar tarbiyasiga oid muhim vazifalar muhokama qilindi

Joriy yil 12-may kuni Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va din niqobi ostida ularni radikallashtirishga urinishlarning oldini olish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.  Tadbirda TII Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Umidjon Xodjayev ishtirok etdi.
1 2