Мазҳабга эргашиш бошқача тақлид дейилади. Тақлид вожибдир. Чунки, динга амал қилишда тақлид қилмай нажот топиш мушкулдир. Баъзи шаръий далилларни бир неча маънолари бўлиб, амал қилишда уларни бирини тайин қилиш ёки устун бўлганини топишга ҳар ким қодир эмас. Бундан ташқари айрим масалалар бўладики, Қуръон ва ҳадисда унинг ёрқин далили бўлмайди. Натижада унинг ҳукмини ечиш учун бутун шаръий далилларни ўрганиб ҳукм чиқаришга эҳтиёж туғилади. Табиийки, бунга ҳар ким қодир бўлмайди. Мана шу сабаблар туфайли юзага келган муаммоларни бартараф этиш учун соғлом ақл эгаларида мужтаҳид имомларга эргашиш зарур, деган фикр туғилиши табиий бир ҳолдир...- Тошкент ислом институти талабаси Раҳимжонов Маҳмуджон
Fatvo so‘zi lug‘atda: إفتاء – يفتي – أفتي Afta-yuftiy, iftaan: “Fatvo chiqarish, muftiyning vazifasi” ma’nosida bo‘lib, har qanday savolga hoh u shar’iy savol bo‘lsin yoki dunyo hukmlariga aloqador bo‘lsin javob qilmoq. Fatvo ulamolar nazdida uch qismga bo‘linadi...- Toshkent islom instituti talabasi Jalolxonov Abbosxon
Matn, sharh, fatvo va boshqa turli uslublarda yozilgan hanafiy mazhabidagi kitoblar qanchadan-qancha fiqhga doir masalalar bilan to‘lgan. Ular orasida mazhabning mutaqaddim imomlari Abu Hanifa va u zotning mujtahid shogirdlaridan rivoyat qilinganlari, ulardan keyin kelgan faqihlar istinbot qilgan hukmlar, dalili yoki olingan joyi kuchli bo‘lgani, aytuvchisi yoki rivoyat qiluvchisining martabasi yuqori bo‘lgani uchun mazhabda amal qilinib, boshqasidan ustun qo‘yiladigan masalalar hamda shoz, kuchsiz va rad qilingan masalalar bor...- Toshkent islom instituti talabasi Jalolxonov Abbosxon
Fatvo إفتاء – يفتي – أفتي fe’lidan olingan bo‘lib “savolga javob berish” degan ma’noni bildiradi, u shar’iy savol boʻlsin yoki boshqa farqi yoʻq[1]. Sharʼiy maʼnosi: Fatvo adillai arbaʼa (toʻrt dalil): Oyat, Hadis, Ijmoʼ, Qiyosga tayanib chiqarilgan hukm. Istilohda esa “shar’iy savolga javob berishlik” dir[2]. Bu ma’no Qur’onda ham kelgan...- Toshkent islom instituti talabasi Mamadaliyev Akbarjon
Mazhab so‘zi lug‘atda yo‘l, yo‘nalish ma’nolarini anglatsa, istelohda shar’iy dalillardan fatvolar chiqarishda maxsus usul va qoidalarga tayanib ish ko‘rgan mujtahidning yo‘liga aytiladi. Ma’lumki, Islom olamining ahli sunna toifasi ichida to‘rtta fiqhiy mazhablar mavjud. Ular: Hanafiy, Molikiy, Shofe’iy va Hanbaliy mazhablaridir. Darvoqe, bu mazhablar kelib chiqishidan oldin ham turli mazhablar mavjud bo‘lib, u mazhablar muayyan bir shaxs nomi bilan emas balki, shahar va mintaqa aholisi nomi bilan atalgan. Masalan, Madinaliklar mazhabi, Makkaliklar mazhabi va hokazo. O‘z navbatida mazkur shahar yoki mintaqa aholisi o‘sha yerdagi ulamolarning fatvolariga amal qilishar edi...- Toshkent islom instituti talabasi G‘ofurjanov Muhammadnabi