O‘z davrida turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda to‘liq holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-Nasafiy as-Samarqandiy shaklida beriladi. Allomaga “Najmuddin” (dinning yulduzi) taxallusining berilishiga sabab uning islom ilmi sohalari bo‘yicha ko‘rsatgan xizmatlarining katta bo‘lganligini ko‘rsatadi. Nasafiy Qur’on, hadis, aqida va fiqh kabi ilmlarni mukammal bilgan, she’riyat sohasida qalam tebratgan va tafsir, hadis, kalom, fiqh va she’riyatga doir ko‘plab asarlarni meros qoldirgan. Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro, Nasaf kabi, shuningdek, Bag‘dod, Marv kabi ilm markazlarida ko‘plab olimlardan dars olgan va qator shogirdlarga dars bergan...- Toshkent islom instituti talabasi Shaydullayev N