islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Bir oyat haqida tafakkur

(قرت عين لي و لك)

((Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir.) (Qosos-9)

Bu iboralar Osiyo bint Muzaximning Muso alayhissalom borasida Fir’avnga aytgan so‘zlaridir. Fir’avn ayolini tinglagach: “Mayli, senga ko‘z quvonchi bo‘laversin. Menga esa, uning keragi yo‘q!” dedi.

Aynan shu hodisa to‘g‘risida Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bunday deganlar: Allohga qasamki, o‘shanda Fir’avn ayoli kabi o‘ziga ham Muso alayhissalomni ko‘z quvonchi bo‘lishini niyat qilganida edi, Alloh Osiyoni hidoyat qilganidek, Fir’avnni ham albatta hidoyat qilgan bo‘lar edi. Lekin Alloh Fir’avnni bunday baxtdan mahrum qildi.

Azizlar, bilingki, so‘zlarning inson hayotiga kuchli ta’siri bor. Shunday ekan, har ishni yaxshilikka yo‘ying, ana shunda yaxshilikni topasiz. Biror ishga kirishgan kishi uni o‘zi uchun “baxtsizlik” deb o‘ylasa, o‘sha ish unga albatta baxtsizlik keltiradi. Turmush qurayotgan kishi nikohni “zarar keltiradigan bitim” deb hisoblasa, o‘zi aytganidek nikohi u uchun faqatgina zarar keltiradi. Shu sababli, gumonlaringiz va so‘zlaringizni go‘zal qiling. Zero, inson ko’p hollarda o‘z tilidan tutiladi!

Adham Sharqoviyning “Qur’ondan maktublar” kitobidan.

Mas’ul rahbar ”Tillar” kafedrasi mudiri Ulug‘bek Hasanov

423990cookie-checkBir oyat haqida tafakkur

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: