Mazkur maqolada Imom Muhammad ibn Pir Ali al-Birgiviyning “Zuxr al-mutaahhilin va-n-niso fī ta‘rif al-athar va-d-dima” nomli risolasi haqida ma’lumot berilgan. Muallifning hayoti, ilmiy merosi, risolaning tuzilishi, alloma Ibn Obidinning bu asarga yozgan sharhi bayon qilingan. Xususan, Hidaya Hartford va Ashraf Munib tomonidan tayyorlangan 2005-yilgi tanqidiy nashrning ilmiy ahamiyati, risolaga qo‘shilgan izohlar hamda ayollar fiqhiga qo‘shgan hissasi alohida yoritilgan. Tadqiqot davomida risolaning 6 fasli bo‘yicha fiqhiy mazmun ochib berilib, uning hanafiy fiqhida ayollarning poklik va ibodat masalalarini tartibga soluvchi asosiy manbalardan biri ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. - Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti 403-guruh talabasi Saydillayeva Jannatxon
Ar-Roziy laqabi muallifning Roziyuddin nomidan qisqartma tarzda olingan boʻlib, uni Ray shahri olimlari bilan adashtirmaslik lozim. Baʼzi manbalarda uning nasabi Ali roziyallohu anhuga borib taqalishi ham aytiladi. Moʻgʻullar bosqinidan keyin Ar-Roziy avval Iroqqa, keyin esa Arabiston yarim oroliga, Madinai Munavvaraga koʻchib keladi va nahv ilmida mashhur Ibn Hojibning “Kofiya” asariga sharh oʻlaroq “Sharhul Kofiya” asarini masjidi Nabaviyning aynan Ravzai Sharifida yozib tugatadi. Bu sharh nahv ilmida juda qimmatli asar hisoblanib, uni “Ash-sharh al-kabir” yaʼni “Eng katta sharh”, deb ham nomlangandir...- TII 2-kurs talabasi Muxamatdin NAJIMATDINOV
Маййитнинг зиммасидаги одамларнинг ҳақлари адо қилинганидан кейин мол ошиб қолса, ўша қолган молни уч қисимга бўлиб, бир қисмидан маййитнинг қолдирган намоз ва рўзаларининг фидясини, адо қилмаган закот, ҳаж, садақаи фитр ёки назр ва қасамларининг каффоротларини адо қилинади. Агар маййит ушбу ҳақларни адо қилишга васият қилган бўлса, юқорида айтиб ўтганимиздек ортиб қолган молнинг учдан биридан бу ҳақларни адо қилишлари вожиб бўлади. Агар молнинг учдан бири етмаса, етганича адо қиладилар. Қолган учдан икки қисми меросхўрларнинг ҳақи бўлиб қолади. Агар меросхўрлар оқил, болиғ бўлсалар, маййитнинг Аллоҳ таолодан бўлган қарзларини молнинг қолган учдан икки қисмидан адо қилсалар маййитни охиратда бўладиган жавобгарликдан кутқариб қолган бўладилар ва ўзлари ҳам улкан савобга эга бўладилар. Агар меросхўр мажнун ёки балоғатга етмаганлар бўлса...
Bitta maktab ochish bilan ish bitmasligini anglagan Behbudiy xalqning qabih illatlari va kamchiliklarini ko‘rsatib beradigan bir “oyna” zarurligini chuqur his qiladi. Bu yo‘lda kitoblarning o‘rni beqiyos edi. Chunki kitoblar insonni har qanday yuksak cho‘qqilarga olib chiqadigan pillapoya vazifasini bajaradi. Shu sababli u 1908-yilda Samarqand gubernatori ruxsati bilan kutubxona ochadi. Dastlab kutubxona fondi 220 jilddan iborat bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik u 225 jildli kitoblar xazinasiga aylanadi. Boshlanishida 125 nafar talabaning a’zo bo‘lishi bu ishning naqadar ahamiyatli ekanini ko‘rsatardi. Biroq Sovet tuzumi bu ilm maskanini ham chetlab o‘tmadi va 1911-yilda kutubxona yopildi. Xulosa o‘rnida aytish joizki... TII 1-kurs talabasi Muhammadsodiq CHORIYEV
Korrupsiya – davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi resurslar noto‘g‘ri taqsimlanishiga, adolatsizlikning avj olishiga va aholining hukumatga bo‘lgan ishonchining kamayishiga olib keladigan jarayon. Shu sababli uning oldini olish va qarshi kurash – barqaror taraqqiyot hamda demokratik jamiyat qurish uchun muhim shartdir. Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazolash choralaridan iborat emas: u keng qamrovli profilaktik (oldini olish) mexanizmlarni, institutsional islohotlarni, jamiyatning barcha qatlamlarini jalb qilishni talab qiladi. Korrupsiyani oldini olishning eng samarali yo‘llaridan biri – kuchli va izchil qonunchilik bazasini yaratishdir. Ko‘pgina davlatlar “korrupsiyaga qarshi qonunlar” qabul qilib, unda pora olish, pora berish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlar aniq jazoga tortilishini belgilaydi. Xususan, O‘zbekiston qonunchiligida korrupsiya tushunchasi va unga nisbatan javobgarlik belgilangan me’yoriy asos yaratilgan... Bahriddin JO‘RABEK O‘G‘LI tayyorladi