islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Огоҳ бўлинг

Бўлимлар

KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH

Korrupsiya – davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi resurslar noto‘g‘ri taqsimlanishiga, adolatsizlikning avj olishiga va aholining hukumatga bo‘lgan ishonchining kamayishiga olib keladigan jarayon. Shu sababli uning oldini olish va qarshi kurash – barqaror taraqqiyot hamda demokratik jamiyat qurish uchun muhim shartdir. Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazolash choralaridan iborat emas: u keng qamrovli profilaktik (oldini olish) mexanizmlarni, institutsional islohotlarni, jamiyatning barcha qatlamlarini jalb qilishni talab qiladi. Korrupsiyani oldini olishning eng samarali yo‘llaridan biri – kuchli va izchil qonunchilik bazasini yaratishdir. Ko‘pgina davlatlar “korrupsiyaga qarshi qonunlar” qabul qilib, unda pora olish, pora berish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlar aniq jazoga tortilishini belgilaydi. Xususan, O‘zbekiston qonunchiligida korrupsiya tushunchasi va unga nisbatan javobgarlik belgilangan me’yoriy asos yaratilgan... Bahriddin JO‘RABEK O‘G‘LI tayyorladi

Din niqobi ostidagi zamonaviy tahdidlar

Din – ezgulik va tinchlik manbai bo‘lishi kerak. Uni niqob sifatida ishlatish esa faqat jamiyatni emas, butun insoniyatni xavf ostida qoldiradi. Shuning uchun ham har bir musulmon va jamiyat a’zosi bu kabi tahdidlarga qarshi ma’rifat bilan kurashmog‘i zarur. Haqiqiy dinni anglash va targ‘ib qilish orqali biz bu tahdidlarning oldini olishimiz mumkin. Nurmuhammad TURDIMATOV, TII 404-guruh talabasi

Мутаассиблик ҳақни тан олмасликдир

“Билингки, бидъат икки ишнинг биридан пайдо бўлади. Биринчиси мутаассибликдан, иккинчиси аҳмоқликдан. Бир инсон ақли жойида бўлган ҳолида қалбидаги ақидаси бузуқ бўлгани боис ҳақни тан олмасдан катта кетса, ана шу кимса мутаассиб бўлади”... - ТИИ талабаси Абдусаломов Ҳожимурод

Virtual o‘yinlar – manqurtlik vositasi

Hozir yoshlar ongiga ta’sir qilib, ular qalbiga o‘z buzg‘unchi g‘oyalarini singdirishni yoki ularni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishni maqsad qilgan kuchlar juda ko‘p. Bu holat oddiy kompyuter o‘yinlaridan tortib, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa dasturlarida ham ochiq ko‘zga tashlanadi... - Modul ta’lim tizimi talabasi, Yangiyo‘l tuman "Imom Sulton" jome masjidi imom xatibi Odiljon Narzullayev

“Шаҳидлик” ниқобидаги қотиллик

Истиқлол шарофати билан юртимизда диний ва миллий қадриятларимиз қайта тикланди. Диёримиз мусулмонларининг асрий орзу-умидлари рўёбга чиқа бошлади. Натижада, маьнавиятимиз тобора юксалиб боряпти.
1 2 3 42