Qur’on oyatlari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga 23 yil mobaynida bo‘lak-bo‘lak holda nozil qilingan. Va bu oyatlarning o‘qilishini va ma’nolarini Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sahobalarga tushuntirib berar edilar, shuning bilan birga ular bu oyatlarni o‘z hayotlariga tatbiq qilar edilar. Darhaqiqat, musulmonlar bu ulug‘ kalomni chuqur o‘rganishlari bilan unga tavajjuh qilishdan o‘zga ulug‘lik va undagi yaxshiliklardan o‘zga insonga foydali bo‘lgan xayriyat yuqligini tushunib yetgan edilar. Qur’on xolis arab tilida nozil bo‘lganligi uchun uning oyatlarining ma’nolarini tushunar edilar...- Toshkent islom instituti talabasi Xasanov Husniddin
Hanafiy ulamolar hadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hech bir e’tirozsiz mukammal yetib borishi e’tiboridan mutavotirga, ko‘rinishidan birozgina shubha ila bog‘lanishga ko‘ra mashhurga hamda zohiriy va botiniy shubha bilan bog‘lanishiga binoan ohod hadislarga taqsimlaganlar...- Toshkent Islom instituti talabasi Qobulov Hikmatulloh
Muhammad ibn Ahmad ibn Abusahl Abu Bakr shamsul-aimma as-Saraxsiy Movarounnahrda hanafiy mazhabining yirik vakili, fiqh, usulul-fiqh va kalom ilmlarining buyuk imomi sifatida o‘zidan unutilmas asarlar qoldirgan. U iste’dodli munozarachi va iqtidorli alloma edi. Kamol Posho masalalarni yechish bo‘yicha uni mujtahidlar darajasida ko‘taradi...- Toshkent islom instituti talabasi Mamadaliyev Akbarjon
Meros oyatlarining nozil bo’lish sabablari to’g’risida bir necha rivoyatlar bor. Shoir Hassonning vafot etgan akasi Abdurahmon ibn Sobit haqida ushbu oyat nozil bo’lganligi rivoyat qilinadi: “Uning Ummu Kuhha degan bir ayol va beshta opa-singlisi qoldi. Erkak merosxo’rlar kelib, hamma molni olib qo’yishdi. Ummu Kuhha Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)ga shikoyat qildi. O’shanda meros oyati nozil bo’ldi” (Ibn Jarir rivoyati)... - TII 4-kurs talabasi Isloma Muhammadodilova
At-Tafsir val-Mufassirun asari tafsir ilmining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, mufassirlarni tafsir kitoblarini ta’lif etishdagi o‘ziga xos uslublarini va Alloh taoloning kitobini sharhlashda tutgan yo‘llarini bayon qilib bergan asardir. Va yana bu asarda muallif zamonaviy tafsir kitoblarining turlarini bayon qilib bergan. Va yana bu kitobda tafsir kitoblarga tegishli ba’zi bir masalalarni ham bayon qilib ketilgan...- Toshkent islom instituti talabasi Muxtorov Isroiljon